Ingliz filologiyasi kafedrasi

Ingliz filologiyasi kafedrasi 1962 yilda Roman-german fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Tashkilot yillarida kafedra yangi, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va respublikaning orta talim, orta maxsus oquv yurtlari va oliy talim oquv yurtlari uchun etakchi mutaxassislarni tayyorlash vazifasini oz oldiga qoydi. Osha vaqtdan buyon kafedra xodimlari ilmiy-metodik ishni nazariy fonetika va grammatika, stilistika va tarjima, til va lektsikologiya tarixi kabi tilshunoslik sohalarida oquv jarayoni talablariga muvofiq olib bormoqda. Natijada, Nazirova Sh.O., Yusupova Sh.B., Sadullaeva N.A., I.A. Joraeva nomzodlik dissertatsiyasini, Siddiqova I.A., Djumabaeva J.Sh doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga oz hissalarini qoshishdi.

2013 yilda kafedra Ingliz filologiyasi kafedrasi deb nomlandi. 2014 yildan boshlab kafedraga dotsent J. Sh.Djumabaeva rahbarlik qilmoqda. Dotsent J.Sh. Djumabaeva ilmiy seminarni tashkil etishga alohida etibor berib, ingliz tilini oqitish boyicha turli onlayn seminarlar va kurslarda ishtirok etish uchun oqituvchilarni jalb qiladi. Mazkur kafedrada faoliyat yuritgan professor, filologiya fanlari doktori Yusupov U.K (2007-2017) qiyosiy tilshunoslik maktabini yaratgan. Ushbu ilmiy maktabning samarali faoliyati natijasida bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiaylari himoya qilindi.  

Kafedra professor-oqituvchilari Filologiya va tillarni oqitish (ingliz tili) ixtisosligi boyicha oz malakalarini ODJTUda oshirib kelishmoqda. Bundan tashqari kafedra azolaridan M.Abdullaeva, I.Joraeva va J.Djumabaevalar Buyuk Britaniyaning Norvich Til oqitish institutida malaka oshirishgan.

Talim yonalishi 5120100 Filologiya va tillarni oqitish (Ingliz tili) yonalishi boyicha kafedra professor-oqituvchilari quyidagi fanlardan dars berishmoqda:
Til konikmalari integratsiyasi; 
Til aspektlari amaliyoti; 
Oqish va yozish amaliyoti; 
Mamlakatshunoslik (Buyuk Britaniya); 
German filologiyasiga kirish; 
Nazariy fonetika va grammatika; 
Til tarixi (ingliz tili); 
Lektsikologiya va stilistika (ingliz tili); 
Tarjima nazariyasi va amaliyoti; 
Qiyosiy tipologiya; 
Til oqitish metodikasi va talim texnologiyalari; 
Ikkinchi chet tili (ingliz tili Nemis filologiyasi kafedrasi talabalari uchun 1-4 kurs); 
5A120102 - Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi magistratura bosqichida quyidagi fanlar oqitilmoqda: 
Asosiy chet tili; 
Amaliy xorijiy til (Lingvistika (rus, nemis tili), Adabiyotshoslik (rus adabiyoti) mutaxassisliklari magistrantlariga) 
Zamonaviy lingvistika; 
Matn lingvistikasi 
Lingvistik tahlil metodlari; 
Qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yonalishlari 
Maxsus fanlarni oqitish metodikasi; 
Psixolingvistika asoslari; 
Korpus lingvistikasi.  
Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari