Qiyosiy tilshunoslik kafedrasi

Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida 2002 yilgacha Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavjud bo`lgan. Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga uning asoschisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, prof. G`.T.Salomov umrining oxirigacha mudirlik qilgan. G`.T.Salomov boshqargan kafedra o`z sohasida sobiq ittifoq hududida ochilgan birinchi kafedra edi.

2002 yil kafedra nomi o`zgarib, kafedraga Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi nomi berildi.  

Keyinchalik kafedra Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik deb nomlandi. Hozirda kafedra Qiyosiy tilshunoslik kafedrasi deb ataladi.  

Ingliz tilshunosligi va tarjima nazariyasi kafedrasiga dotsent G`.X.Salimov, prof. A.A.Abduazizov, katta o`qituvchilar O.M.Xoshimova, M.I.Valieva, E.Z.Salaxova  f.f.n., dotsent D.K.To`rabekova, fil.f.n., dots. Ya.Yu.Arustamyanlar rahbarlik qilishgan bo`lsa, keyinchalik Qiyosiy tilshunoslik deb nomlangan kafedraga f.f.d, prof. I.A.Siddiqova mudirlik qildi.  Hozirda uni f.f.n., dots. N.A.Sadullaeva boshqarmoqda. 

Prof. A.A.Abduazizov fonologiya sohasi bo`yicha O`zbekistonda o`zining turli til oilalariga mansub tillar fonologiyasini qiyosiy-tipologik o`rganish bo`yicha ilmiy maktabini yaratgan olimdir. U tavsiya qilgan mukammal uslubiyat hozirgi kunda barcha tilshunoslar tomonidan german va turli tillarini qiyosiy o`rganishda faol qo`llanilmoqda. 

Olimning umumiy tilshunoslik fanini rivojlantirishga qo`shgan hissalari uning 400 dan ortiq  ilmiy risolalari va maqolalar, o`quv qo`llanmalari va darsliklarida o`z aksini topgan. Olim yaratgan Umumiy va qiyosiy-tipologik fonologiya elementlari(1981), Ingliz tilining nazariy fonetikasi(1986, 2006, 2007), O`zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi(1992) kabi kitoblarida o`zbek va ingliz tillari fonetikasi va fonologiyasining asosiy yo`nalishlari bo`yicha muhim masalalar o`rtaga qo`yildi va ular yuksak darajada o`zining ilmiy echimini topdi.

Kafedrada Xorijiy til va adabiyot yo`nalishida 254 nafar talaba tahsil oladi.

Universitet rektori tomonidan tashkil etilgan ixtisoslashgan guruhda 8ta talaba bor. Ular uchun darsdan tashqari qo`shimcha darslar tashkil etilgan. Bu darslarni dotsent Ya.Yu.Arustamyan, dotsent N.A.Sadullaeva va o`qituvchi N.A.Xasanova o`tishadi. Har bir iqtidorli talaba uchun ilmiy rahbar tayinlangan.

O`zbekiston Milliy Universiteti (UzMU ) stependiya sovrindorlari

1. Axmedova Dilzoda

2. Bekmurova Gulnigor

3. Baxtiyorova Dilshoda 

Kafedrada 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo`yicha tayanch doktorant Polvonova S.R., mustaqil izlanuvchilar Xoshimxodjaeva M.M., va  Rahimova Sh.P. PhD darajasini olish uchun, mustaqil izlanuvchi Sadullaeva N.A. doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib borishyapti. 

KORPORATIV XAMKORLIK

Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi chirchiq akademik litsei, O`zMU qoshidagi 2-son akademik litsey, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Oliy Xarbiy Bojxona instituti Davlat va xorijiy tillar kafedrasi bilan hamkorlik qilinadi.

 GRANTLAR

Kafedrada Arustamyan Ya.Yu. rahbarligida Sovremenne podxod k formam i printsipam otsenki kachestva izucheniya angliyskogo yazka po filologicheskim napravleniyam innovatsion  loyiha mavjud. 

Kafedrada 5111400 - Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta`lim yo`nalishi bo`yicha quyidagi fanlar o`qitiladi:

  • Mustaqil ta`lim ko`nikmalari
  • Til ko`nikmalari integratsiyasi
  • O`qish va yozish amaliyoti
  • Til aspektlari amaliyoti
  • Tilshunoslik (Tilshunoslikka kirish)
  • Normativ-kommunikativ fonetika
  • Mamlakatshunoslik
  • Chet til ukitish metodikasi
  • Asosiy o`rrganilayotgan til 
  • Stilistika va matn taxlili
  • O`rganilayotgan til tarixi
  • Nazariy grammatika va fonetika
  • Leksikologiya
  • Chet til amaliy kursi
  • Tarjimaning lingvomadaniy asoslari
  • Boshlang`ich sinflarda chet tilini o`qitish metodikasi
  • Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
  • Kommunikativ leksika
  • Ilmiy izlanish asoslari

  Kafedra a`zolari:

1. SADULLAEVA NILUFAR AZIMOVNA (Kafedra mudiri)

2. CIDDIKOVA IRODA ABDUZUXUROVNA (Professor)

3. CABIROVA NODIRA KARIMBAEVNA (Dotsent)

4. SALIEVA MALIKA ABDUZUXUROVNA (Dotsent)

5. AGZAMOVA DILDORA BAXODIRJANOVNA (Dotsent)

6. ARUSTAMYaN YaNA YuREVNA (Dotsent)

7. TUXLIEVA GAVXAR NURISLOM QIZI (dotsent)

8. MAMATOVA FERUZA MAXAMMADOVNA (Katta o`qituvchi)

9. UMAROVA NODIRA IKROMOVNA (Katta o`qituvchi)

10. ALAUTDINOVA KAMOLA ShOMANSUROVNA ( O`qituvchi)

11. KENJAEVA ADOLAT ASROROVNA ( O`qituvchi)

12. ISMAILOVA RAIME SETIYaEVNA ( O`qituvchi)

13. XOShIMXO`JAEVA MOXIRUX MUZAFFAROVNA ( O`qituvchi)

14. ABDULLAEVA NIGORA RUSTAMOVNA (O`qituvchi)

15. MIRSAGATOV DAVRON ATXAM O`G`LI ( O`qituvchi)

16. XASANOVA NOZIMA ABDUVAXOBOVNA (O`qituvchi)

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari