Nemis filologiyasi kafedrasi

Nemis filologiya  kafedrasi tarixi

 

Nemis filologiya xorijiy filologiya fakulteti (avvalgi roman – german filologiyasi) bilan bir vaqtda 1962 - yil tashkil etilgan. Kafedra tarkibida malakali o‘qituvchilar Rashidova D.F., Dansiger O.A., va boshqalar faoliyat yuritishgan. Kafedraning ilk mudiri f.f.n., dots. Rashidova D.F. bo‘lgan. Keyinchalik kafedra fakultetga Madjitova X.T., Shakirova N.Yu., Bo‘riboeva Sh.A., To‘raqulova S.T., Tyan N.V., Ibragimova D.T., Erkaev S.M., Xukumova L.A. singari  bitiruvchlarni yetkazib berdi. Kafedrada uzoq yillar f.f.d., prof. N.A.Avazbaev, f.f.n., dots. A.A.Isxoqova, f.f.n., dots. G.M.Abduqodirova, f.f.n., dots. V.T.Kirshner, f.f.n. N.F.Rezyapova, f.f.n. Sh.O‘.Shodijonova, katta o‘qituvchilar I.V.Stralnikova, T.A.Yurkova, ye.Makeeva, K.B.Zagalskayalar faoliyat olib bordilar. Kafedra shu kungacha 1 ta fan doktori - prof. N.A.Avazbaev va 5 ta fan nomzodlari f.f.n. N.F.Rezyapova, f.f.n. Sh.U.Shodijonova, f.f.n., dots. Sh.S.Imyaminova,  f.f.n. Turakulova S.T., f.f.n. Ibragimova D.T.larni tayyorlabberdi.


 Nemis filologiya kafedrasi “Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning qiyosiy - tarixiy va chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusida ilmiy faoliyat olib bormoqda.

 Kafedra nemis tilini asosiy til, ingliz filologiyasida esa ikkinchi chet tili hamda O‘zbekiston Milliy universitetidagi boshqa fakultetlarda chet tili sifatida  o‘qitishni ta‘minlab beradi.

 Nemis filologiyasi kafedrasi o‘rta umumta‘lim va o‘rta maxsus ta‘lim yurtlarida, shuningdek ishlab chiqarish va tarjima faoliyati bilan mutanosiblikda olib boriladigan 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.  5A120102 - Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta‘lim  uchun magistr mutaxassislar  yetkazib  beradi.


So‘nggi yillarda nemis filologiysia kafedrasida quyidagilar nashr  qilingan:

- nemis tilining nazariy fonetikasi bo‘yicha 1ta monografiya; 1ta darslik; fonetika  va fonologiya soxasida 5 ta darslik (f.f.d., prof. Avazbaev N.A.)

- ikkita biobiblografik ko‘rsatgich (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);

- 5- va 6-sinflar uchun nemis tili darsligi (kat.o‘qit. Tokarskaya N.I., Zagalskaya  K.B., MadjitovaX.T.)

- 5- sinf nemis tili darsligi bo‘yicha o‘qituvchilar uchun kitob (kat.o‘qit. Tokarskaya N.I.)

- nemis va o‘zbek tillarining fonetika va fonologiyasi soҳasi bo‘yicha monografiya va abiturentlar uchun elektron qo‘llanma (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.)

- nemis va turk tillarining fonetikasi va fonologiyasi bo‘yicha monografiya (f.f.n. To‘raqulova S.T.);

- tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (f.f.n., dots. Borisova I.F, f.f.n.,  dots. Imyaminova Sh.S.);

- nemis tilini ikiinchi mutxassislik sifatida o‘qiydigan talabalar va magistrantlar uchun darsliklar (f.f.n., dots. Qosimova M.X. va f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);

- nemis tili frazeologiyasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);

- akademik litsey va kollejlarning I - III kurs talabalari uchun nemis tili fanidan 2 ta darslik (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S. va boshqalar);

- nemis va o‘zbek tillarida maqol va matallar lug‘ati (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S., Komolova Sh.);

- biologiyaga oid nemischa – ruscha – o‘zbekcha lug‘at (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S. va boshqalar);

- 4 ta nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjimalar to‘plami (f.f.n., dots. Imyaminova Sh.S.);

- o‘rta maktablarining 10 va 11 – sinf o‘quvchilari uchun nemis tili darsligi (f.f.n., dots. Sh.S.Imyaminova va boshqalar);

- 4 ta ilmiy maqolalar to‘plami (Germaniyada chop  etilgan);

- 5 ta nemis tilidagi mualliflarning nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima  qilingan asarlari (kat.o‘qit. Qo‘chqorova X.Sh.);

Kafedra 1994 yildan boshlab Germaniyaning Myunster shahridagi Vilxelm nomidagi Vestfaliya universiteti Germanistika instituti bilan ilmiy xamkorlik olib boradi. Shu kungacha xamkorlikda 5 ta xalqaro anjuman o‘tkazildi;


 

Nemis filologiya kafedrasi tarkibi

 

  1. Imyaminova Shuxratxon Salijanovna – Kafedra mudiri , filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  2. Cafarov Odiljon Mamadievich - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  3. Zulxonov Mustafo Jo‘raevich- filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
  4. Bo‘riboeva Sharofat Abduraxmonovna – katta o‘qituvchi
  5. Umrzoqova Fotima Irisbaevna – katta o‘qituvchi
  6. Tyan Natalya Viktorovna - o‘qituvchi
  7. Xafizov G‘ayrat Abduxakimovich - o‘qituvchi
  8. Normatova Ayjan Po‘latovna – o‘qituvchi
  9. Achilova Nilufar Mansurovna- o‘qituvchi
  10. Toshpo‘latov Shuxrat Ximmatullaevich- o‘qituvchi
  11. Saidova Durdona Akram qizi – o‘qituvchi
  12. Komolova Shahnozaxon Adxamovna- o‘qituvchi
  13. Xudanova Shaxnoza Norbutaevna- o‘qituvchi
  14. Usmonov Farid Saydullaevich- o‘qituvchi

 

       O‘rindosh o‘qituvchilar:

  1. Xoiyarov Lutfilla Tashquvaatovich- filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  2. Ismoilov Yusuf Niyazmetovich- filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  3. To‘raqulova Sayyora Tolibbaevna – filologiya fanlari nomzodi, o‘qituvsi
  4. Abdullaeva Soxiba Yakubovna– filologiya fanlari nomzodi, o‘qituvchi
  5. Simon Krechmer – Germaniyalik tutor

 

Talabalarning bilimlarini rivojlantirish maqsadida Germaniyadan jalb etilgan o‘qituvchilar:

 

2008-2009 – Manya Xusner va Anegret Byer;

2009-2010 – Katya Doze  va Katerine Tsobel;

2010-2011– Katya Doze  va Ina Megos;

2011-2012– Katya Doze  va Ann Rushe;

2012-2013– Gert Vegmarxaus va Zaskiya Alers;

2013-2014– Gert Vegmarxaus va Margaren Vald;

2014-2015– Gert Vegmarxaus va Svena Xoffmann;

2015-2016– Gert Vegmarxaus;

2016-2017– Gert Vegmarxaus va Margaret Bux;

2017-2018– Simon Krechmer.

2018-2019- Simon Krechmer

2019-2020- Simon Krechmer.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari