Fransuz filologiyasi kafedrasi

1962 yili Toshkent Davlat universiteti roman - german filologiyasi fakultetida dastlab ingliz va nemis tili kafedralari mavjud bolgan. 1963 yildan esa frantsuz tili guruhiga talabalar qabul qilina boshlandi. 1966 yil frantsuz tili kafedrasi tashkil etilib, 1972 yil esa kafedra qoshida lotin tili bolimi ochildi. 
Frantsuz tili kafedrasini dastlab A.A.Krasheninnikov (1963-1969 yy) boshqargan. Songra f.f.n., dotsent Sh.X.Xaydarov (1969-1984 yy), f.f.n.,dotsent A.Umarov (1984-1988yy), f.f.d.,professor A.E.Mamatov (2002-2003); katta oqituvchilar A.S.Asqarov, V.V.Magidovich, M.Mirxoliqovlar (1988-2005 yy) rahbarlik qilganlar. 

1972 yili frantsuz filologiyasi kafedrasi qoshida E.F.Vaganov  rahbarligi ostida lotin tili kafedrasi ochilib, kafedra roman-german filologiyasi fakultetidan tashqari tarix fakultetida ham faoliyat korsatgan.  1968 yildan 1984 yilgacha frantsuz filologiyasi kafedrasida frantsuz mutaxassislari xam  faoliyat korsatishgan, ular milliy kadrlar tayyorlashda juda katta yordam berishgan. 
Kafedraning bir qator oqituvchilari, jumladan, A.E.Mamatov (1991, doktorlik), Sh.Haydarov (1972), A.U.Umarov (1972), Yu.S.Muratova (1982), F.S.Salimova (1997) lar nomzodlik disserttsiyalari ustida tadqiqot olib borib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishda oz hissalarini qoshdilar.    
2004 yilda esa Sh.I.Isakova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2005 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida faoliyat korsatdi. 
2010-2012 yillar katta oqituvchi Qurbonova G.S. va 2013 yildan boshlab frantsuz filologiyasi kafedrasiga f.f.d., professor R.X.Shirinova rahbarlik qilib kelmoqda.  
5120100 - Filologiya va tillarni oqitish (frantsuz tili) talim yonalishi turli filologik hamda ijtimoiy falsafa, psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar bilan ozaro aloqador.    


Kafedrada oqitiladigan fanlar: 
Asosiy organilayotgan til ( oqish, yozish, tinglab tushunish va ogzaki nutq)
Kommunikativ-normativ fonetika 
Til aspektlari amaliyoti
Til konikmalari integratsiyasi
Oqish va yozish amaliyoti
Mustaqil talim konikmalari
Nazariy fonetika
Nazariy grammatika
Leksikologiya va Stilistika 
Mamlakatshunoslik
Tarjima nazariyasi 
Lugat tuzish printsiplari
Ilmiy izlanish asoslari
Organilayotgan til filologiyasiga kirish
Til oqitish metodikasi va talim texnologiyalari
Ozbekiston olkashunosligi
Zamonaviy lingvistika
Matn lingvistikasi
Asosiy chet tili
Sinxron tarjima
Amaliy xorijiy til va h.k
    KAFEDRANING XALQARO ALOQALARI

2013-2014: Frantsiya, Artua Universiteti; 
2013-2014:  Frantsiya, Dijon Universiteti
2014-2015:  Frantsiya, Puate Universiteti
2015-2016:  Frantsiya, Tur Universiteti 
2016-2017:  Frantsiya, Nitstsa Universiteti
2017-2018:  Frantsiya, Ruan Universiteti 
2018 -          Frantsiya, Sarbonna Universiteti
     KAFEDRANING ILMIY MAKTABI
    "Gaybullo as-Salom tarjima maktabi" 
Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari