Rus filologiyasi kafedrasi

1942 yilda tashkil etilgan rus filologiyasi kafedrasi Ozbekistonda ilmiy va pedagogik rus tilshunosligining eng yaxshi ananalarini munosib davom ettirib kelmoqda. 
Mustaqillik yillari kafedraning ilmiy salohiyati osdi. Hozir kafedrada filologiya fanlari doktori, professor A.G.Sheremetüeva, filologiya fanlari nomzodlari N.N. Ůitka, E.A. Alieva, O.A.Kukatovalar, kop yillik tajribaga ega bolgan katta oqituvchilar N.G. Rogozinnikova, F.X.Xalilov va oqituvchilar E.V.Vetlugina, R.R.Ataeva va F.R.Xosilovalar ishlab kelishmoqda. 
Mustaqillik yillari kafedra koplab oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorladi. 2001 yilda A.G.Sheremetüeva doktorlik dissertatsiyasini, O.A.Kukatova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Respublikaning turli oliy oquv maskanlarining 30dan ortiq oqituvchi va aspirantlari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
A.G.Sheremetüeva kop vaqt mobaynida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boyicha ixtisoslashtirilgan kengashning raisi sifatida faoliyat olib bordi, hozir esa u doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilish boyicha ixtisoslashtirilgan kengashga azolik va fakulütet Oquv-uslubiy kengashiga raislik qilib kelmoqda. Katta oqituvchi F.X.Xalilov fakulütetning Ilmiy kengashida kotiblik qilmoqda. Kafedraning barcha oqituvchilari respublikamizda rus filologiyasi boyicha ilmiy kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqdalar. 
Rus filologiyasi kafedrasi xorijiy filologiya fakulütetining slavyan bolimining etakchi kafedralaridan biridir. U bakalavriatning Filologiya (slavyan filologiyasi), Filologiya va tillarni oqitish (rus tili), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti ozga tilli guruhlarda) yonalishlari boyicha mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Ozga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti boyicha mutaxassislarga ehtiyoj bolganligi sababli 2010 yil Rus tili va adabiyoti milliy guruhlarda yonalishi ochildi.   
Rus tilshunosligi kafedrasi respublika oliy talim maskanlari uchun Davlat talim standartlarini 4 avlodini tayyorlagan. Undan tashqari u oquv-uslubiy va meyoriy xujjatlar tayyorlab kelmoqda. 
Kafedra jamoasi tomonidan 3ta darslik, 30dan ortiq oquv va oquv-uslubiy qollanmalar tayyorlandi va 4000dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, zamonaviy innovatsion pedtexnologiyalar hisobga olingan holda 4ta oquv-uslubiy qollanma yaratildi, respublika miqyosida turli ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlar otkazildi. 
Kafedra respublikaning boshqa oliy talim maskanlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqasi ortib bormoqda. SamDU, AndDU, OzDJTU, Nizomi nomidagi TDPU, turli kollej, litseylar, kutubxonalar, muzeylar, Ozbekistondagi rus va ukrain madaniyat markazlari bilan hamkorlik haqida bitimlar tuzilgan. 
Kafedra xalqaro aloqalarga ham katta etibor karatadi. Moskva Davlat Universiteti, Tula Davlat pedagogika universiteti va Ozbekistondagi Rossiya fan va madaniyat markazi (Rosotrudnichestvo) bilan ham hamkorlik haqida bitimlar tuzilgan va ular bilan turli tadbirlar, anjumanlar, davra suhbatlari otkazilmoqda. 
Kafedra oqituvchilari turli xalqaro anjumanlar, kongress va simpoziumlar ishida faol katnashib kelmoqdalar, jumladan, vatandoshlar ijodiy intelligentsiyasi xalqaro kongressida (Sankt-Peterburg, 2006), YuNESKOning talim masalalari boyicha kongressida (Minsk, 2007), MDH va Baltiya mamlakatlari rus tili kafedralari mudirlari xalqaro anjumanida (Moskva, 2009), Rossiya tamqi ishlar vazirligi tashkil qilgan rus tili maqomi boyicha xalqaro anjumanlarda (Moskva, 2008, 2011), Vostochnoe obrazovatelünoe partnerstvo xalqaro dasturida (Moskva, 2016) va hokazo. 
Hozirgi paytda kafedra jamoasi yangi okuv va oquv-uslubiy adabiyot, elektron darsliklar yaratishga va yangi Davlat talim standartlarini tayyorlash ustida ishlar olib bormoqda. Kafedra professor-oqituvchilari nafaqat bolajaq filologlar tayyorlashga, balqi barkamol avlodni tarbiyalashga ham katta etibor qaratishmoqda. 


Rus filologiyasi kafedrasi qoshidagi rus soz yasalishi ilmiy maktabi 


Rus soz yasalishi sohasidagi ilmiy maktab XX asrning 70-80 yillarida rus tilining ushbu oziga xos qatlamini organish dolzarb masala bolib qolganidan keyin shakllana boshlagan. Osha davrda soz yasalish rus leksikasi va morfologiyasi ananaviy qatlamlaridan alohida ilmiy tadqiqni talab etuvchi obekt sifatida ajralib chiqdi. Soz yasalishni alohida lingvistik fan sifatida tashkil topishida filologiya fanlari doktori Aleksandr Nikolaevich Tixonovning tadqiqotlari olkan ahamiyatga egadir. Uning faoliyati Samarkand Davlat universiteti, Samarkand Davlat pedagogika instituti va Ozbekiston Milliy universiteti bilan chambarcha 
s boglikdir.Ozbekistonda rus soz yasalish ilmiy maktabining asoschisi f.f.d., professor A.N.Tixonov (1931-2013) Ozbekistonda va Rossiya Federatsiyasida xizmat korsatgan fan arbobi. Uning bevosita rahbarligida 100dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar Ozbekistonda va Rossiyada movaffaqiyatli himoya qilingan, rus tilida soz yasalishining formal va semantik nuqtai nazarlari boyicha fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. 
Alohida etibor soz yasalishning kompleks birliklarini leksikografik ishlab chiqishga qaratilgan edi. A.N.Tixonov tomonidan jaxon leksikografiyasida ilk bor Shkolünűy slovoobrazovatelünűy slovarü russkogo yazűka va 2 jildli Slovoobrazovatelünűy slovarü russkogo yazűka (1978 y.) uyali soz yasalish lugatlari yaratilgan. Ushbu lugatlarni tayyorlashda Ozbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulüteti rus tilshunosligi kafedrasi oqituvchilari, aspirant va doktorantlari hamda slavyan bolimining talabalari faol ishtirok etdilar. Ular sozlar yigishda, manbalarni qiyoslashda, lugatlardagi bazi maqolalarni tayyorlashda yordam berdilar. Lugatni tayyorlash jarayonida soz yasalishi muammolari talabalarning kurs va bitiruv ishlarida, talabalar va olimlarning ilmiy anjumanlaridagi maruzalarda korib chiqilgan. Bu rus derivatologiyasi masalalariga ilmiy qiziqish kengayib borayotganidan dalolat beradi. 
A.N.Tixonovning uyali Slovoobrazovatelünűy slovarü russkogo yazűka bir necha marta qayta nashr qilingan va Rossiya xukumatining Davlat mukofotiga sazovor bolgan. Ushbu buyuk leksikografik manba shakllangan ilmiy maktab doirasida keyingi ilmiy izlanishlar uchun material sifatida xizmat qilib kelmoqda. 
Hozirgi paytda ushbu ilmiy maktabga A.N.Tixonov shogirdi,   rus filologiyasi kafedrasi professori, f.f.d. A.G.Sheremetüeva rahbarlik qilib kelmoqda. U A.N.Tixonov rahbarligida Slovoobrazovatelünoe varüirovanie glagolünűx osnov v sovremennom russkom yazűke mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va Leksiko-grammaticheskaya variantnostü v russkom yazűke (sinxronno-diaxronicheskiy aspekt) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida derivatsiya muammolarini echishni davom ettirdi.   

Ozbekistondagi rus soz yasalish ilmiy maktabning faoliyati rus tilida soz yasalishi nazariyasini eng dolzarb aspektlarini ilmiy tadqiq qilishga qaratilgan. Bu soz yasash uyasining umumiy nazariyasi, soz yasash uyalaraning tipologiyasi, sinxron va diaxronik soz yasalishi, qiyosiy-chogishtirma soz yasalishi, rus tilida soz yasalishining uslubiy aspektlaridir. 
 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari