Tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillari kafedrasi

Kafedra mudiri
Kafedra mudiri,
Qabul Dushanba, 14:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +998 90 916-78-08
Faks
e-mail miss_guli777@mail.ru



 Tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillari kafedrasi 1993 yilda Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Bu yillar mobaynida kafedra yangi, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar, shunundek va respublikaning o`rta ta`lim, o`rta maxsus o`quv yurtlari va oliy ta`lim uchun etakchi mutaxassislar tayyorlash vazifasini o`z oldiga qo`ydi. 

O`sha vaqtdan buyon kafedra professor-o`qituvchilari ilmiy faoliyat bilan birgalikda metodik ishlarni ham olib bormoqda.



 Kafedra fakultetlararo tabiiy ta`lim yo`nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari doirasida zamon talablariga muvofiq ta`lim berib kelmoqda. 
 Otgan 2002 -2013 yillar davomida R.Hoshimova, V.Abdalina, B.Jamshudova, D.A.Aliqulova, D.Jo`raboeva, M.Qosimova kabi fan nomzodlari kafedraninig ilmiy salohiyatini oshirishda o`z hissalarini qo`shishdi.
 


Kafedra 15 mart 2005 yilda fizika-matematika, kimyo-biologiya, geologiya-geografiya fakultetlari uchun chet tillar kafedralarini birlashtirish natijasida tashkil topgan. 2008 yil 1martdan xorijiy filologiya fakulteti tarkibida faoliyat yuritmoqda. 





Kafedra professor-o`qituvchilari 6 ta tabiiy fakultetlar bakalavr yo`nalishi, magistratura mutaxassisligi, kechki va sirtqi ta`lim yo`nalishlaridagi talabalarga ingliz, frantsuz va nemis tillaridan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mashg`ulotlar olib bormoqda.



Ushbu kafedraga 2007-2012 yillarda f.f.n., dots. M.Qosimova, 2012-2013 o`quv yillarida katta o`qituvchi  Yu.Artiqova, 2013-2014 o`quv yillarida katta o`qituvchi D.T.Mazlitdinova rahbarlik kilgan. 

2013 yil oktyabr oyida ikki kafedra, ya`ni Tabiiy yo`nalishlar bo`yicha ingliz tili kafedrasi va Ijtimoiy yo`nalishlar bo`yicha ingliz tili kafedralari birlashtirildi va f.f.n. dots. Babaeva kafedra mudiri etib tayinlandi.



2018 yil 3 sentyabrdan Tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillar kafedrasi qayta tashkil qilindi va hozirda kata o`qituvchi G.A.Rahimova rahbarlik qilmokda. Kafedra rahbari professor-o`qituvchilar va talabalarga ilmiy seminarlar tashkil etishga alohida e`tibor berib, ingliz, frantsuz va nemis tillarini o`qitish bo`yicha turli onlayn seminarlar va kurslarda ishtirok etish uchun o`qituvchilarni jalb qilib kelmokda. F.f.n., dots. N.M.O`rmonova kafedraning ilmiy ishlari bo`yicha mas`ul sifatida kafedraning ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida ilmiy seminarlar tashkil etib, ilmiy izlanishlar olib borish va ilmiy maqolalar chop etish yuzasidan maslahatlar berib bormoqda. 


KAFEDRA TUZILIShI



JAMOAT TAShKILOTLARI

  • SIFAT KOMISSIYaSI
  • KASABA UYuShMASI
  • XOTIN-KIZLAR QO`MITASI
  • REDKOLLEGA


Kafedra professor-o`qituvchilari filologiya va tillarni o`qitish (ingliz, frantsuz, nemis tillari) bo`yicha O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi innovatsion markazda o`z malakalarini oshirib kelmoqda. 



Kafedra professor-o`qituvchilari universitetning tabiiy yo`nalishlarida quyidagi fanlardan amaliy mashgulotlar olib bormokda:





1-2-kurs bakalavriatura yo`nalishlarida Xorijiy til (ingliz, frantsuz, nemis tillari), 3-kurs bakalavriatura yo`nalishlarida Chet til (ingliz, frantsuz, nemis tillari), 4-kurs bakalavriatura yo`nalishlarida Amaliy chet til (ingliz, frantsuz, nemistillari), magistratura mutaxassisliklarida Amaliy xorijiy til (ingliz, frantsuz, nemis).

Kafedra a`zolari:

1. Raximova Gulsanam Ashirbekovna (kafedra mudiri, katta o`qituvchi)
2. Kaxarova Nafisa Ikramovna
3. Abdullaeva Zaxro Shadmankulovna
4. O`rmonova Nigoraxon Muminovna (f.f.n., dotsent)
5. Agzamova Zamira Izatullaevna (katta o`qituvchi)
6. Xasanova Musallam Mo`minovna (katta o`qituvchi)
7. Muxamedalieva Dilbar Tulaganovna (katta o`qituvchi)
8. Karimova Muxabbat Maratovna ( o`qituvchi)
9. Ataeva Tursunoy Karimovna (o`qituvchi)
10. Xidirova Zuxra Po`latovna (katta o`qituvchi)
11. Sagatova Shaxnoza Baxtiyorovna (o`qituvchi)
12. Pidaeva Shaxnoza Baxtiyorovna (katta o`qituvchi)
13. Maxamadalieva N.B.(o`qituvchi)
14. Israilova Dilorom Shamaxamatovna (katta o`qituvchi)
15. Zoirov Alisher Abdugapporovich (o`qituvchi)
16. Tadjibaeva Ra`no Bagibekovna ( o`qituvchi)
17. Mazlitdinova Dilnoza Tuygunovna (katta o`qituvchi)
18. Narimanova Ziyoda Qobiljonovna (katta o`qituvchi)
19. Otajonova Shaxnoza Shavkatovna (katta o`qituvchi)
20. Axrarova Fotima Baxramovna (katta o`qituvchi)
21. Islomova Go`zal Tulkunovna (o`qituvchi)
22. Abdullaeva Zulfiya Mirolimovna (o`qituvchi)
23. Abdulxaeva Malika Maratovna (o`qituvchi)
24. Abdunazarova Iroda Meliquziqizi (o`qituvchi)
25. Eralieva Barchinoy Anvarqulqizi (o`qituvchi)


Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari