O`zbek filologiyasi kafedrasi

Kafedra 2018 – yil sentabr oyida Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet rektori buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Kafedra universitet ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbek va rus tillari kafedralari negizida tashkil etildi. Kafedrani f.f.n., dotsent M.Abdurahmanova boshqarib kelmoqda. Kafedrada 4 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat  olib bormoqda. Kafedra ayni nomlanishda bo‘lmasa-da, 1918 yildan Milliy universitet  tarkibida faoliyat yuritmoqda. . Kafedrada o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishining asoschisi Abdurauf Fitrat hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida fakultetda G‘.Karimov, S.Dolimov, A. G‘ulomov kabi buyuk olimlar faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Suyima G‘aniyeva kabilar ayni fakultetning bitiruvchilaridir. Shu bilan birga fakultet M.Qo‘shjonov, A.Hojiyev, B.Nazarov va boshqa akademiklarni yetishtirib chiqargan. 2018 – yil sentabr oyidan 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish : o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash qaytadan yo‘lga qo‘yildi va hozircha Xorijiy filologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. 



Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi :” Badiiy matn va uning lisoniy – adabiy tahlili”. Ayni vaqtda kafedrada 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud. Kafedraning ilmiy salohiyati yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, professorlar R.Sayfullayeva, H. Boltaboyev, Sh.Turdimov , Z.Xolmonova va dotsentlar M.Abdurahmanova, D.Fattahova hamda kata o‘qituvchilar U.Xolmuhamedova, N.Bekmuhamedova, N.Inogamova, N.Egamberdiyeva, Sh.Xojiyevalar kafedraning ilmiy – pedagogik faoliyatida ishtirok etmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada O‘zbek filologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorelanmoqda. Shu bilan birga kafedra a’zolari universitetning barcha fakultetlarida O‘zbek tili fanidan mashg‘ulotlar olib bormoqda. 2018 – 2020 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishiga qabul etiladigan talabalar sonini oshirish, Adabiyotshunoslik (O‘zbek adabiyoti) va Lingvistika (O‘zbek tili ) magistratura mutaxassisliklari ochish rejalashtirilgan. 


Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari