Ijtimoiy fanlar

Dekan To`xtaev Xakimjon Primovich
Dekan,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-67-72
Faks
e-mail
Ijtimoiy fanlar fakulteti tarixi va bugungi faoliyati

Ijtimoiy fanlar fakulteti (1991-yilgacha Falsafa-iqtisod fakulteti, 1991-2014 yilgacha Falsafa fakulteti) 1979-yilda tashkil etilgan va 2014-yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlagan. Fakultet tarkibida dastlab falsafa, psixologiya, iqtisod, siyosatshunoslik bo`limlari faoliyat olib borgan.

Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuyg`usini shakllantirishga yo`naltirilgan bilim va malakalarni chuqur egallagan, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma`naviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga etkazish uchun xorij tillarini o`zlashtirgan, o`zining ma`naviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat bo`la oladigan malakali bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan tayanch fakultetlardan biri hisoblanadi.
Fakultetda 26 nafar fan doktori, 54 nafar fan nomzodi, 14 nafar PhD faoliyat olib boradilar.
Uning bakalavriat bosqichida 692 talaba, magistratura bosqichida 92 magistrant, doktorantura va tayanch doktoranturada esa 23 nafar ilmiy xodim tahsil olmoqda.

Fakultet kafedralari faoliyati

Falsafa va mantiq:  1965-yilda tashkil topgan boʻlib, unda “Falsafa”boʻyicha bakalavrlar va “Falsafa” (qoʻllash sohasi)”, “Falsafa tarixi” va “Ontologiya, gnoseologiya va logika” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Kafedra aʼzolari “Osiyo mutafakkirlari ijodi va hozirgi zamon tarix falsafasi" mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida ilmiy faoliyat olib boradi.
Milliy g`oya:  2004-yilda tashkil etilgan. Kafedra unda fakultetlararo bakalavr va “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” yoʻnalishlari hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (Maʼnaviyat asoslari)” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Kafedra aʼzolari "Milliy gʻoya taribot texnologiyalari rivojlanishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida faoliyat olib boradi.
Ma`naviyat asoslari va dinshunoslik:  2005-yildan tashkil etilgan boʻlib, unda fakultetlararo bakalavr yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligi boʻyicha maʼruzalar oʻqiladi. Kafedraning asosiy faoliyati “Hozirgi zamonda maʼnaviy maʼrifiy va diniy qadriyatlar” mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida faoliyat olib boriladi.
Etika va estetika: 1986-yilda tashkil etilgan boʻlib, unda bakalavr taʼlim yoʻnalishlari hamda “Etika va estetika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, yoshlarnimilliy maʼnaviyat mezonlariga tayangan holda maʼnaviy barkamol shaxs etibtarbiyalashga alohida eʼtibor qaratiladi. Kafedraning professor-oʻqituvchilari “Etika va estetika asoslarining nazariyasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida faoliyat olib boradi.
Psixologiya: 1976-yilda tashkil etilgan bo`lib “Psixologiya” bakalavr ta`lim yo`nalishi va “Psixologiya” magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlarni tayyorlashga mas`ul. 
Pedagogika: 2006-yilda tashkil etilgan.Kafedraning asosiy faoliyatifakultetlararo bakalavr yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligi boʻyicha maʼruzalar oʻqiladi. Kafedraning professor-oʻqituvchilari “Umumiy psixologiya va pedagogika asoslari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida faoliyat olib boradi.
Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti:    2007-yilda tashkil etilgan boʻlib, unda fakultetlararo bakalavr yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligi boʻyicha maʼruzalar oʻqiladi. Kafedraning professor-oʻqituvchilari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanish konsepsiyasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot dasturi doirasida faoliyat olib boradi.
Sotsiologiya: 2010-yilda tashkil qilingan. Kafedrada “Sotsiologiya” bakalavr taʼlim yoʻnalishi hamda “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Kafedraning professor-oʻqituvchilari “Sotsiologiya tadqiqot metodi” mavzusi doirasida ilmiy faoliyat olib boradilar.
Ijtimoiy ish: “Ijtimoiy ish” kafedrasi 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, “Ijtimoiy ish (oilalar va bolalar bilan)” taʼlim yoʻnalishida bakalavr va “Ijtimoiy ish (oilalar va bolalar bilan)” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi. Kafedraning asosiy vazifalari sifatida ijtimoiy ish, ijtimoiy himoya qilish sohasida milliy kadrlarni tayyorlash va ushbu sohada tizimli ilmiy ishlar olib borilishini taʼminlashdan iborat.

Ilmiy faoliyat



O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29.08.2017. S.01.08 raqamli (Siyosiy fanlar), Dsc 29.08.2017. Psi.01.07 raqamli (Psixologiya) hamda DSc.27.06.2017.F.01.05 raqamli (Falsafa fanlari) Ilmiy kengashlari bilan uzviy hamkorlik o`rnatilgan.
 
Fakultetda “Imkoniyati cheklangan bolalar sotsiomadaniy moslashuv tizimining ilmiy-metodik asoslari takomillashuvi”, “O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, oila va bolalarni himoya qilish tizimida ijtimoiy hamkorlik masalalari, “Falsafa” va “Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari” kurslari bo`yicha o`quv-metodik bazani takomillashtirish va elektron o`quv-uslubiy kompleksini yaratish”, “O`rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g`arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi”, “Ta`limda menejment va marketingning ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy madaniyat bilan uyg`unlashtirishga oid uslubiy qo`llanma tayyorlash”, “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari”, “O`zbekistonda ayriboshlash dasturlarining samaradorligi (sotsiologik tadqiqotlar tajribasi)”, “Oliy ta`lim tizimi kadrlarining innovatsion faoliyatga tayyorgarligining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish (xorijiy ilg`or texnologiyalar asosida)” mavzularda ilmiy fundamental va amaliy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Ma`naviy-ma`rifiy faoliyat



Har oyda fakultetda va biriktirilgan talabalar turar joyida respublikaning mashhur san`atkorlari, olimlari, shoir va shifokorlari bilan turli mavzularda davra suhbatlari o`tkaziladi. Tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida ajdodlarimiz ma`naviy merosini o`rganish bilan bir qatorda, yoshlarimizga o`z zamondoshlarimizning hayot yo`li bilan tanishtirish uchun uchrashuvlar o`tkazilib, ularga havas qilish, namuna olishga o`rgatmoqda.
 
Shuningdek talabalarning “Quvnoqlar va Zukkolar”, “Zakovat intellektual o`yini”, “Notiqlik klubi” fakultet qizlari o`rtasida “Biznes Ledi” ko`rik tanlovi, fakultetlararo “ESSE” musobaqalarini o`tkazish an`anaga aylangan. Bundan tashqari fakultetda an`anaga aylangan “Ota-onalar tashrifi” ma`naviy-ma`rifiy tadbiri har yili o`tkazib boriladi.
Fakultetda har yili Navro`z bayrami nishonlanadi. Shuningdek xotin-qizlar kengashi ham talaba qizlarning urf-odatlarga rioya qilishi, odob-axloqi bo`yicha tadbirlar o`tkazadi. Ilgari fakultetda ishlagan ayni paytda nafaqadagi professor o`qituvchilarning “Mehr ko`zda” ruknida uylariga boriladi. Ularning ahvolidan xabar olinadi. Talabalarda milliy ma`naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida qadimgi shaharlarga, muzeylarga ziyorat tashkil qilinadi.
 
Hamkorlik aloqalari



Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Belarus davlat universiteti, Qozogʻiston Milliy universiteti, Nitra shahridagi “Konstantin Filosof” universiteti, Erasmus Mundus Yevropa hamjamiyati fondi, STINIT-(Shvetsiya)-ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim soxalarini moliyalashtirish xalqaro xamkorlik fondi, IFÅAC (Fransiya) Oʻrta Osiyoni oʻrganish ilmiy tadqiqot institutlari bilan keng doirada hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.

Fakultet professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda STINIT va IFÅAC ilmiy loyihalar hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam ravishda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishadi va SIDA Shvetsiya “Gumanitar fanlar” hamda “Faylasuf ayollar” (YUNÅSKO) xalqaro ekspert komissiyasi aʼzolari hisoblanishadi, shu jumladan “Psixologiya” kafedrasi mudiri D.Muxamedova TÅMPUS ERASMUS xalqaro grant rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.

Axborot texnologiyalari va resurslari

Fakultetda multimedia texnikasi, dasturlarni yangilash, texnik xizmatlar va kompyuter ta`mirlash, fakultetning internet sahifasi materiallarini doimiy yangilab borish, fakultet kompyuter tarmog`ining uzluksiz faoliyatini ta`minlash yo`lga qo`yilgan. Fakultetda barcha mashg`ulotlarni zamonaviy texnika va texnologik imkoniyatlardan foydalanish bo`yicha zarur bo`lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan, o`quv auditoriya xonalari multimedia vositalari va kompyuter texnikalari bilan ta`minlangan. Maxsus kurslar uchun uslubiy materiallar, konferensiya materiallari, tarqatma materiallar, o`quv-uslubiy ko`rsatmalar, shuningdek fakultetning turli hujjatlarini nashr qilish uchun rezograf va skaner qurilmalari ajratilgan.

Talabalarning foydalanishi uchun fakultet kutubxonasida 78 mingdan ziyod, jumladan, 56142 ta o`zbek tilidagi, 20298 ta rus tilidagi, 2210 ta chet tilidagi o`quv adabiyotlar mavjud.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari