Taekvondo va sport faoliyati

Dekan Raximov Vladimir Shavkatovich
Dekan,
Qabul Chorshanba-Shanba, 15:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-18-02
Faks
e-mail vladimir.raximov@list.ru
O`zbekiston Respublikasi bugungi kunda jamiyatda sog`lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirimoqda. Shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini tashkil etishning zamonaviy usullari, o`sib kelayotgan yosh avlodni o`z kuch va imkoniyatlariga ega bo`lgan  ishonch, ularda  vatanparvarlik ruhini tarbiyalash, mustaqillik g`oyasini singdirish, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish va ularni kashf etish shular jumlasidandir. 



O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil       10 avgust kuni Xalqaro Taekvondo (WTF) federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish, O`zbekistonda yirik xalqaro turnirlarni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. 
 

Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O`zbekiston Milliy universitetida Taekvondo fakul`tetini ochish g`oyasi ilgari surildi. Ikkitomonlama uchrashuvning natijasi sifatida 2017 yil 16 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakultetini tashkil qilish to`g`risidagi 3390-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning asosiy maqsadi Taekvondo (WTF) sport turining O`zbekistondagi taraqqiyotini ta`minlash va yuqori malakakli kadrlarni tayyorlash. 
 
BIZNING VAZIFAMIZ

Shaxsiy dunyoqarash va madaniyat, yuksak insoniy xususiyatlar, o`z ishiga javobgarlik hissi, tashabbuskorlik xususiyatlarini shakllantirish, turli sport mashg`ulotlaridan faqat jismoniy faoliyat jarayonida emas, balki kundalik hayotga tadbiq etish, shaxs va oila salomatligini saqlash, sog`lom  turmush darajasi va yuqori samarali faoliyatni tashkil etishdan iborat. 

Taekvondo va sport faoliyati fakultetining asosiy vazifalari quyidagilardan ibrat:

  • taekvondo WTF sport turini o`qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o`zlashtirgan, ta`lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash; 
  • xalqaro ilg`or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo`lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta`lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
  • yuqori malakali trener va o`qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko`nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan zamonaviy o`qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish; 
  • ta`lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste`dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko`nikmalarni shakllantirish; 
  • yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash; 
  • respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O`zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash; 
  • o`qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo`yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o`tkazish; 
  • mavjud o`quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta`lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta`minlaydigan o`qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.


Fakultetning ta`lim yo`nalishlari 

  • 5610518 Sport faoliyati Taekvondo (WTF)
  • 5610700 Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish  
  • 5610700 Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish (sirtqi)

Fakultetda 2018-2019 o`quv yilida uch ta yo`nalish bo`yicha yuzdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bugungi kunda fakul`tetda ikkita kafedra faoliyat yuritmoqda : Taekvondo va sport faoliyati hamda Jismoniy tarbiya va sport. Bakalavriat ta`lim yo`nalishining o`quv muddati 4 yil. Talabalar bilan o`quv mashg`ulotlari o`zbek, rus va koreys tilida olib boriladi.



Sifatli ta`lim jarayonini ta`minlash maqsadida Taekvondo va sport faoliyati kafedrasiga o`quv mashg`ulotlarini olib borish uchun koreyalik Taekvondo (WTF ) KUKKIWON akademiyasi vakili fan doktori, professor Baek Mun Jon  va O`zbekiston Taekvondo milliy terma jamoasi etakchi murabbiysi, xizmat ko`rsatgan murabbiy Kim Aleksandr Anatolevichlar jalb qilingan. 
  



Bugungi kunda o`quv-metodik va ilmiy ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan:

  • Chuvash davlat qishloq xo`jalik akademiyasi(Cheboksar);
  • Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali;
  • Dankookuniversiteti ( Janubiy Koreya)Bugungi kunda o`quv-metodik va ilmiy ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi oliy ta`lim m
  • Yongin universiteti (Janubiy Koreya) 
  • Universitetimizda 20 ta turdagi sport turlari bo`yicha mashg`ulotlar yo`lga qo`yilgan bo`lib, bundan tashqari yana quyidagi sport turlarini yo`lga qo`yish rejasi mavjud: Taekvondo (WTF), voleybol (erkaklar va ayollar), futbol, engil atletika, shaxmat-shashka, armrserling, suzish, mini-futbol, gandbol, basketbol (erkaklar va ayollar), yunon-rum kurashi, stol tenisi va boshqalar. 
Bizning talabalarimiz orasida Jahon va Osiyo o`yinlari g`oliblari hamda O`zbekiston chempionlari va boshqa ko`plab nufuzli xalqaro musobaqalar sovrindorlari mavjud. 



Bizning xamkorlar





Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari