Xotin-qizlar qo`mitasi




 Universitet xotin qizlar qo`mitasi raisi vazifasini 1999 yildan buyon   f.f.n. professor v.b. Muxamedjonova Lalixon Ashuralievna boshqarib kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi PF-5325-sonli Farmoni bo`yicha faoliyat olib boradi. 
Unversitetdagi 11 ta fakultetning o`z xotin qizlar kengashlari raislari faoliyat ko`rsatmoqdalar. Universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Universitet xotin-qizlar qo`mitasi raisiga hamda barcha fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo`shimcha haq to`lanadi. Universitet xotin-qizlar qo`mitasiga prorektor o`rinbosari, fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga dekan o`rinbosarlari statusi berilgan. 
Bugungi kunda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti jamoasida  754 ga yaqin ayollar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Ulardan:  305  ta professor o`qituvchilar bo`lib,  28 ta  professor ayollar, 107ta fan nomzodlari, dotsentlar, 84ta katta o`qituvchilar, 86ta assisent  o`qituvchilar  faoliyat ko`rsatmoqdalar.   
Talaba  qizlarimiz soni 3117tani  tashkil  qiladi. 724ta magistrantlardan 308ta qizlar, 510ta ilmiy tadqiqotlar bilan shug`ullanayotgan tadqiqotchilardan  177 tasi  ayollarni tashkil etadi.     
Universitet xotin-qizlar qo`mitasining nizomi mavjud bo`lib, ushbu nizom bo`yicha faoliyat olib boradi.  Xotin-qizlar qo`mitasi jamoat tashkiloti sifatida o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risidagi, O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida gi  Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar, shuningdek Xotin-qizlar qo`mitasining  Nizomiga muvofiq olib boradi.
Universitet xotin-qizlar qo`mitasi  professor o`qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta`minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma`naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma`naviy barkamol, g`oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo`lida o`z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ish olib boradi.
Oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo`lish, professor o`qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga bo`lgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda ta`minlashga qaratilgan tadbirlarni  unversitet  Sog`lom avlod markazi hamda Ibn Sino markazi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Bugungi kunda universitetda 4 ta Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining  sovrindorlari taxsil oladilar.  1ta Prezident stipendiati, 2ta Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari qizlarimiz bizning faxrimizdir. 
     Universitetda professor o`qituvchi va talaba qizlar o`rtasida  Ilmiy amaliy konferentsiyalar, ma`naviy va ma`rifiy  tadbirlar doimiy ravishda o`tkazilib kelmoqda. Bunday tadbirlar sirasiga,  siyosiy partiyalar raxbarlari, Oliy majlis qonunchilik  deputatlari Senatorlar bilan,  nodavlat tashkilot raxbarlari,   san`atkorlar, shoir  va shoiralar, tibbiyot xodimlari va boshqa tashkilot mutaxasislari bilan davra suxbatlari, uchrashuvlar muntazam o`tkazilib kelinmoqda.

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari