Xalqaro reytinglarda ishtirok etish

Xalqaro reytinglarda ishtirok etish

Reytingdagi o‘rin - raqobatdosh ustunlik

Abiturientlar uchun universitetning jozibadorligi va ish beruvchilar uchun diplomning ishonchliligi ko‘p jihatdan ushbu muassasaning reyting ko’rsatkichi bilan belgilanadi. Bir tomondan, reyting yuqori sifatli ma‘lumot olishni istagan iqtidorli yoshlarga yordam beradi va ularning potentsial imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishlariga imkon beradi. Boshqa tomondan, reytingda universitetning mavqei qanchalik baland bo‘lsa, unda o‘qishni xohlovchilar soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘plab mamlakatlarda, xususan Angliyada, o‘qish narxi ko‘p jihatdan universitetning reytingdagi o‘rniga bog‘liq.

Eng yaxshi reytinglar muntazam ravishda turli tashkilotlar tomonidan tuziladi.

Birinchi reyting 1983 yilda “US News & World Report”tomonidan oliy ta‘limning globallashuvi yuzaga kelishiga javob sifatida e‘lon qilingan. Keyinchalik ular nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki mutaxassislar tomonidan ham tuzila boshlandi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti 2019-2020 o‘quv yilida bir nechta reytinglarda qatnashdi, misol uchun: UI GreenMetric University Ranking, Times Higher Education Impact Ranking & World Ranking, QS World University Ranking. Ba‘zilariga 2020 yilda javob berilishi kutilmoqda.


Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
15275 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
91 Mutaőassislik magistratura