Erasmus + ICM KA107 loyihasi doirasida Paris Lodron nomidagi Salzburg universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida universitetlararo shartnoma asosida talabalar

Erasmus + ICM KA107 loyihasi doirasida Paris Lodron nomidagi Salzburg universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida universitetlararo shartnoma asosida talabalar (magistrlar va tayanch doktorantura) va xodimlar uchun stipendiyalar tanlovi.

 

Kimlar qatnashishi mumkin? Tanlovda O‘zbekiston Milliy universitetining geoinformatika (shu jumladan masofadan zondlash, geostatistika, kartografiya, informatika) bo‘yicha tayanch bilim sohasiga ega bo‘lgan magistrantlar, tayanch doktorantura talabalari va xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

 

Grant davomiyligi? Magistratura va tayanch doktorantura talabalari uchun grant  muddati maksimal 5 oyni tashkil qiladi. Xodimlar uchun esa 10 kun va safar uchun 2 kun. Jami 12 kunlik grant.

 

Grant qanday xarajatlarni qoplaydi? Grantlar har oylik / kunlik va yo‘l xarajatlarini qoplash uchun belgilangan kvotani o‘z ichiga oladi. Oldindan moliyalashtirish mumkin emas! Xarajatlarni qoplash Evropa Ittifoqi qoidalariga asoslangan holda olib boriladi; hisob-fakturalar, samolyotga chiqish taloni va boshqalar. G弛liblar Salzburgga borganlaridan keyin stipendiyalarni  Zaltsburg universitetining xalqaro bo値imii orqali olishlari mumkin!

 

Qachon borib kelish mumkin? 2019-2020 yillda va safar 2020 yil 31 iyulgacha tugashi kerak.

 

Oxirgi muddat qachon? Arizani qabul qilishning oxirgi muddati - 2019 yil 1 oktyabr.

 

Magistr va tayanch doktorantlar uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati (bitta PDF faylda):

 

- pasport nusxasi

- rezyume CV (ushbu shablondan foydalaning: http:/uzl//europass.cedefop.europa.eu/documents/curriculum-vitae)

- magistr yoki tayanch doktorant sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat

- O築lashtirishi haqida to‘liq ma‘lumot

- Safar boshlanishidan oldin rejalashtirilgan kurslar ro‘yxati (https:/uzl//online.uni-salzburg.at/plus_online/webnav.ini)

- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjati (TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtirilgan sertifikat)

- Motivatsion xat (kamida 4000 belgi)

- Tavsiyanoma

- ilmiy ishlar ro‘yxati (agar bo‘lsa) va konferentsiyalardagi taqdimotlar

- oldingi stipendiyalar haqida ma‘lumot

- Salzburg universitetini bitirish istagi to‘g‘risida ma‘lumot

 

Xodimlar uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

 

- pasport nusxasi

rezyume CV (ushbu shablondan foydalaning: http:/uzl//europass.cedefop.europa.eu/documents/curriculum-vitae)

- "Geofazoviy" treninglar va predmetlar ro‘yxati

- Salzburg universitetida qilinishi kerak bo値gan ishlar rejasi

- Ingliz tilini darajasini bilishning rasmiy hujjati (TOEFL, IELTS yoki unga tenglashtirilgan sertifikat)

- Motivatsion xat (kamida 4000 belgi)

- Tavsiyanoma

- ilmiy ishlar ro‘yxati (agar bo‘lsa) va  konferentsiyalardagi taqdimotlar

- oldingi stipendiyalar haqida ma‘lumot

 

Taqvim - o‘quv yili va mashg‘ulotlarning boshlanishi

Kuzgi semestr (qishgi semestr)

Oktyabrdan yanvargacha (sentyabrning oxirgi ikki haftasida orientatsiya haftaligi)

Salzburgga kelish vaqti: sentyabr oyining o‘rtalarida, orientatsiya haftasining boshida

Oxirgi muddat va mashg‘ulotlarning boshlanishi: 1 oktyabr

Bahorgi semestr

Mart-Iyun (Fevral oyining oxirgi ikki haftasida orientatsiya haftaligi)

Salzburgga kelish vaqti: orientatsiya haftasining boshida, fevral o‘rtalarida

Oxirgi muddat va mashg‘ulotlarning boshlanishi: 1 mart

 

Salzburgdagi Z_GIS tadbirlari https:/uzl//zgis.at/gis-events-in-salzburg/

-         GIS kuni (har yili noyabr oyida) >> www.gisday.at

-         AGIT konferentsiyasi (har yili iyul oyi boshida) >> www.agit.at

-         GI_Forum anjumani (har yili iyul oyi boshida) >> www.gi-forum.org

-         Bepul vebinarlar >> https:/uzl//unigis.net/news-events/#webinars-

-         ideasLab (ilmiy laboratoriya) >> https:/uzl//ideaslab.sbg.ac.at/

 

Talab qilingan hujjatlarni quyidgi e-mail ga yuborishingizni so池aymiz.

Aloqa uchun ma‘lumotlar:

Ilhomjon Abdullaev

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Mob .: +998 93 3787596

Elektron pochta manzili: ilkhomjon.abdullaev@gmail.com

Asosiy ko喪satkichlar
1200 マ褥-「頸糯齏瑩
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta値im yo創alishlari