“Suv resurslaridan samarali foydalanishning mintaqaviy-iqtisodiy muammolari (Sirdaryo havzasi misolida)” mavzusida bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi
2018 yil 21 noyabr kuni soat 14-00 da O`zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti binosi, 4-qavat, Majlislar zalida O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.05.2018.I.01.11 - raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Qo`ziev Komiljon Fayzievichning 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo`yicha “Suv resurslaridan samarali foydalanishning mintaqaviy-iqtisodiy muammolari (Sirdaryo havzasi misolida)” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo`lib o`tadi.