O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg`armasi Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo`mitasi bilan hamkorlikda tanlov e`lon qiladi!


Magistratura talabalari uchun stajirovka dasturi - 2019!


Tanlov tashkilotchisi: Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo`mitasi (GFR)
Milliy hamkor: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg`armasi  
Loyiha haqida qisqacha ma`lumot: “El-yurt umidi” jamg`armasi Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo`mitasi bilan O`zbekistondagi oliy ta`lim muassasalari magistratura talabalarining Germaniyaning etakchi kompaniyalarida stajirovka dasturini amalga oshiradi. Dasturga muvofiq, amaliyot Germaniya va O`zbekiston o`rtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, magistratura talabalarining malakasini oshirish orqali o`zbek-german biznes aloqalarini mustahkamlash, ularning nazariy bilimlarini Germaniya etakchi kompaniyalarida amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan. Nomzodlar tanlov asosida saralanadi. Tanlov natijalariga ko`ra, muvaffaqiyatga erishgan nomzodlar nemis kompaniyalaridan birida amaliyot o`tashga taklif qilinadi. 
Stajirovka dasturi uchun o`rin: 30 tagacha
Moliyalashtirish: “El-yurt umidi” jamg`armasi O`zbekistondan Germaniyaga borib-kelish, shuningdek, aeroportdan stajirovka joyigacha bo`lgan transport xarajatlarini qoplaydi. Viza ko`magi esa Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliyot davrida yashash bilan bog`liq xarajatlar (turar joy, sug`urta, oylik ish haqi, bonuslar) nemis kompaniyalari zimmasida bo`ladi. 
Tanlov tartibi: Tanlov uch bosqichda: ariza berish, Toshkentda suhbat va kompaniya vakillari bilan suhbat tarzida o`tkaziladi. 
Birinchi bosqichda nomzod tomonidan ariza beriladi, so`rovnoma to`ldiriladi va kerakli hujjatlar topshiriladi.
Dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar keyingi bosqichda, ya`ni suhbat jarayonida ishtirok etishadi.
Oxirgi bosqichda suhbatdan o`tgan nomzodlar Germaniya kompaniyalariga stajirovkaga joylashtiriladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar: 
1.Dastur faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mo`ljallangan.
2.Ingliz yoki nemis tillarida ravon so`zlasha olishi;
3.Nomzodning yoshi 22 yoshdan kam bo`lmasligi lozim.
4.ANABIN tizimida akkreditatsiyadan o`tib H+ maqomiga ega bo`lgan, (https:///anabin.kmk.org/anabin.html ) O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining magistratura talabalari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amaliyot dasturlarida ishtirok etishi mumkin:
-iqtisodiyot;
-biznes-boshqaruv;
-muhandislik (sanoat, fuqarolik, texnologiya, elektro-texnika, mexanika, energetika, konchilik, aerokosmik tarmoqlarda )
-huquq;
-Axborot texnologiyalari;
-buxgalteriya;
-arxitektura;
-iqtisodiy jurnalistika

Arizalar 26 noyabrdan 17 dekabrgacha qabul qilinadi.
Stajirovka boshlanishi: 2019 yil aprel oyining oxiri, may oyining boshlarida.
26 noyabrdan boshlab “El-yurt umidi” jamg`armasining  www.eyuf.uz va Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo`mitasining www.oaoev.de  veb-saytlarida onlayn ariza to`ldirish uchun havolalar joylashtiriladi.

Manzil: Amir Temur shox ko`chasi, 13
Ma`lumot uchun telefon: (71) 203-00-47

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura