2019 yil 11 yanvar soat 14-00 da O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti huzuridagi Dsc.28.12.2017. Ped.01.09 – raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo`lib o`tadi.
Kun tartibi:
Ashurova Dilfuza Nabievnaning “Oliy ta`lim tizimida innovatsion dasturiy-didaktik majmua asosida o`qitishni takomillashtirish (“Algebra va sonlar nazariyasi” fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – “Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (matematika) ixtisosligi bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi 4-uy. Matematika fakulteti binosi Namunaviy dekanat zali.