O`zbekistonda bu yil talabalar qaysi sanadan qishki ta`tilga chiqishi ma`lum qilindi.
Talabalar odatdagidek 28 dekabrdan qishki ta`tilga ketishadi va u 10 yanvarga qadar davom etadi. 27 dekabr oxirgi o`qish kuni, 11 yanvar kuni esa ta`lim muassasalarida darslar boshlanadi.
Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rahbarlari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida vazirlik bosh boshqarmasi boshlig`i Abduvali Xoliqov ma`lum qildi.