AXBOROT XATI
Hurmatli hamkasblar!
“Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari”mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2019 yil 22-23 oktyabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo‘lib o‘tadigan konferentsiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Anjumanda geoaxborot va uning tarmoq sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishdagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar o‘zlari bajarayotgan va amalga tadbiq etilishi kutilayotgan innovatsion ishlanmalari, kashfiyotlari, ixtirolari hamda yangi ilg‘or g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan maqola, ma’ruza va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.