Rossiya rektorlar uyushmasining XI s’ezdi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26 aprelida Sankt-Peterburg shahrida ilm-fan sohasiga oid nufuzli tadbir tashkil etilgan edi. Rossiya federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ochib bergan mazkur tadbir Rossiya rektorlar uyushmasining tarixiy s’ezdi bo‘lib, unga xalqaro tashkilotlar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari ham taklif etildi.

Xususan, mamlakatimizdan O‘zMU rektori Avazjon Marahimov mazkur s’ezdda ishtirok etib, uyushmaning rektorlar hay’ati raisi o‘rinbosarligiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Tashkil topganiga bu yil chorak asr bo‘lgan Rossiya rektorlar uyushmasi umumdavlat jamoatchilik tashkiloti hisoblanib, unga RF OTMlarining 700 ga yaqin rektori a’zo hisoblanadi.

Mazkur uyushma oliy ta’lim sohasini barqaror va innovatsion rivojlantirish, mahalliy va xorijiy OTM rahbarlari uchun keng va samarali muloqot, tajriba almashish platformasini yaratish kabi vazifalarni bajarib keladi.

Malohat Husanova, O‘zA 
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
19011 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura