Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasida Tarix (islom tarixi va manbashunosligi) taʼlim yoʼnalishiga oʼqishga hujjatlarni qabul qilish boshlandi!

Maqsad. jdodlar merosini oʼrganish va tadqiq etish har doim insoniyat oldida eng dolzarb masalalardan boʼlib kelgan. Bugungi kunda yuz minglab qoʼlyozma, moddiy va madaniy merosimizni asrab avaylash, oʼrganish va kelajak avlodga yetkazish zarurati vujudga kelmoqda.

Tarix (islom tarixi va manbashunosligi) yoʼnalishida qadim davrlardan to bugungi kunimizgacha boʼlgan tariximizni chuqur bilgan, arab, fors va gʼarb tillarini egallagan, islom tarixi va manbashunosligi boʼyicha bilimlarni oʼzlashtirgan kuchli amaliy bilimlarga ega boʼlgan mutaxassis tayyorlanadi.

Taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilarga Tarix (islom tarixi va manbashunosligi) boʼyicha bakalavr Diplomi va tarixchi-islomshunos, manbashunos kvalifikatsiyasi beriladi. 

Taʼlim yoʼnalishi doirasida quyidagi fanlar boʼyicha atroflicha bilim va koʼnikmalar shakllantiriladi:

-Oʼzbekiston tarixi;
-Tarixiy geografiya va oʼlkashunoslik;
-Manbashunoslik;
-Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosi;
-Jahon tarixi;
-Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot metodologiyasi;
-Islom manbashunosligi;
-Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy anʼana va urf odatlari;
-Tarix oʼqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari;
-Osiyo va frika mamlakatlari davlat boshqaruvi tarixi;
-Meʼmoriy yodgorliklar tarixi va epigrafika;
-Islomshunoslik, Dinshunoslik.

Mazkur taʼlim yoʼnalishini bitirgan kadrlar quyidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borishlari mumkin:

-Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar kademiyasiga qarashli ilmiy tadqiqot institutlari;
-Din ishlari boʼyicha qoʼmita;
-Oʼzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;
-Oʼzbekiston musulmonlari idorasi va uning tuzilmaviy hududiy boʼlinmalari;
-Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi, davlat boshqaruvi va uning hududiy boʼlinmalari;
-Ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari;
- Nodavlatva jamoattashkilotlari va boshqa.

Taklif. Oʼzbek davlatchilik tarixini haqiqiy qoʼlyozma asarlar orqali tadqiq etishga, shuningdek, islom tarixini manbalar orqali oʼrganishga qiziquvchi abiturientlarni Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi) yoʼnalishiga hujjat topshirishga taklif etamiz.

Imkoniyat. 2020/2021 oʼquv yilida Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi) yoʼnalishiga jami 25 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Shundan 10 nafar talaba davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼladi.

www.iiau.uz/en-ca/
Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
15275 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
91 Mutaassislik magistratura