Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasida Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) taʼlim yoʼnalishiga oʼqishga hujjatlarni qabul qilish boshlandi!

Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) din bilan bogʼliq psixologik va sotsiologik jarayonlarni tahlil qilishga qodir kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bakalavriat taʼlim yoʼnalishidir.

Taʼlim yoʼnalishi doirasida quyidagi fanlar boʼyicha atroflicha bilim va koʼnikmalar shakllantiriladi:

-Umumiy psixologiya;
-Eksperimental psixologiya va praktikum, umumiy psixodiagnostika;
-Umumiy pedagogika, Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya.
-Psixologiyani oʼqitish metodikasi;
-Psixologik maslahat va psixokorrektsiya;
-Sotsial psixologiya, sotsial psixologik trening;
-Etnopsixologiya;
-Yuridik psixologiya;
-Din psixologiyasi;
-Din sotsiologiyasi;
-Mutaassib shaxs psixologiyasi
-Islomshunoslik, Dinshunoslik va boshqa.

Taʼlim yoʼnalishi bitiruvchilariga Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) boʼyicha bakalavr Diplomi va psixolog, psixologiya oʼqituvchisi kvalifikatsiyasi beriladi. 

Mazkur taʼlim yoʼnalishini bitirgan kadrlar quyidagi tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borishlari mumkin:

-Oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi va uning hududiy boʼlimlari;
-Psixologik xizmat markazlari, ommaviy-axborot muassasalari, turli tadbirkorlik subʼektlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari hamda boshqa muassasalar;
-Din ishlari boʼyicha qoʼmita, diniy tashkilotlar, huquq-tartibot organlari, mahalliy oʼzini oʼzi boshqarish organlari hamda joylardagi maʼnaviyat va maʼrifat markazlari;
-Umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, kasb-hunar va nodavlat muassasalari (amaliyotchi psixolog boʼlib ishlash);
-Davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlari;
-Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi harbiy boʼlinmalar, xususiy psixologik xizmat koʼrsatish markazlari.

Taklif. Psixologiyaga oid fanlar hamda ijtimoiy-siyosiy, din va maʼrifiy bilimlar va xorijiy tillarni oʼrganishga qiziquvchi abiturientlarni mazkur yangi yoʼnalishga hujjat topshirishga taklif etamiz.

Imkoniyat. 2020/2021 oʼquv yilida davlat buyurtmasi asosida oʼqishga qabul qilish parametrlariga koʼra Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) yoʼnalishiga jami 25 nafar talaba qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Shundan 10 nafar talaba davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼladi.

www.iiau.uz/en-ca/
Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
19011 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yonalish bakalavr
71 Mutaassislik magistratura