Xalqaro hamkorlik innovatsiyalarning asosi

XALQARO HAMKORLIK INNOVATsIYaLARNING ASOSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2909 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulütetida xalqaro hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida 2018 yil 1 may kuni seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar-treningda siyosiy fanlar doktori, Qozog‘iston xalq xo‘jaligi universiteti professori, Xalqaro axborotlashuv akademiyasi akademigi, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, Shvetsiya qirollik akademiyasining Bilimi va mehnati uchun ordeni sovrindori, Germaniyaning xalqaro kitob ko‘rgazmasi oltin medali sovrindori Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim a’lochisi, 2017yil Qozog‘iston Respublikasining Eng yaxshi o‘qituvchisi tanlovining sovrindori, Andirjanova Gulünar Abűlxairovna Qozog‘iston ta’lim tizimi innovatsiyalari mavzusida ma’ruza qildi. Seminar-trening fakulütet talaba-yoshlari bilan savol-javoblar, baxs-munozara tarzida olib borildi. Seminar-trening yakunida G.Abűlxairovnaga fakulütet dekani Q.Abdurahimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga faoliyatiga bag‘ishlab nashr etilgan Islom Karimov nomli kitob-alübomi taqdim etildi. Mazkur tadbirni tashkil etganligi va tashabbuskorligi uchun fakulütet dekani Abdurahimov Qodirjon Abduxalilovich va falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Nigina Arslanovnaga minnatdorchilik bildiramiz.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
19011 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura