KOʻHNA YASHNOBODDA YÎSHLAR BOGʻI OCHILDI

 “Mahallabay” ishlash tizimi boʻyicha joriy yilning 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Prezident Adminstratsiyasi rahbari ishtirokida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston Milliy universitetiga Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Muxtor Ashrafiy” mahallasi biriktirilgan edi.

Oʻzini-oʻzi boshqarish maskani boʻlgan mahallada Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi “Mahallabay tizimini joriy qilish boʻyicha mahallalarga biriktirilgan vazirlik va idoralar tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida”gi 19-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududdagi muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha universitet tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning manzilli dasturi asosida muntazam ravishda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,  “Joriy yilning 11-fevralidan shu kunga qadar Muxtor Ashrafiy MFYda Oʻzbekiston Milliy universiteti  rektori Inomjon Madjidov boshchiligida universitetning soha prorektorlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilardan tarkib topgan ishchi guruhi tomonidan jami 362 ta xonadonda 1448 nafar fuqarolar bilan uyma-uy yurish orqali sotsiologik suhbat oʻtkazildi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali jami 189 ta muammoli holatlar (uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, fuqarolik pasportini rasmiylashtirish, nafaqa puli, ichimlik suvi, elektr energiya taʼminoti, “Temir daftar” roʻyxatiga kiritish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kredit, tadbirkorlik, xavfsizlik va boshqalar) aniqlandi hamda 68 tasi oʻz joyida hal etildi. Muxtor Ashrafiy MFYda joylashgan 56 ta obyektlar (umumiy ovqatlanish shaxobchalari, koʻchalar, koʻpqavatli uylar, savdo doʻkonlari, hududda joylashgan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish tashkilotlari va boshqalar) universitet ishchi guruhi tomonidan toʻliq oʻrganilib, ulardagi 77 ta muammoli holatlar (bolalar maydonchasini taʼmirlash, koʻpqavatli binolarni ichki va tashqi taʼmirlash, kanalizatsiya tizimi, sim yogʻochlar, piyodalar yoʻlakchasi, taʼmirtalab asfalt yoʻllari, obodonlashtirish ishlari va boshqalar) aniqlandi hamda Yashnobod tuman hokimligi Shtabiga maʼlumotlar taqdim etildi” - deydi suhbatdoshimiz OʻzMU Yoshlar bilan ishlash prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov.




Yana bir suxbatdoshimiz boʻlmish Oʻzbekiston Milliy universitetining Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Fayzullaxon Dumayev bilan qilgan samimiy suhbat mazmunidan bizga quyidagi ishlar ham ayon boʻldi. Hududda 20-21-fevral kunlari M.Ashrafiy shoh koʻchasi boʻylab 3 km masofada obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 60 tup daraxtlarga qoʻshimcha ishlov berildi. Shuningdek, universitet psixologlari tarkibidan iborat 12 nafar amaliyotchi psixologlar tomonidan 57 nafar (stress va agressiyaga moyil, oilaviy nizolari mavjud, nogironligi boʻlgan, uyushmagan yoshlar) fuqarolar bilan individual psixologik trening oʻtkazilib 10 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat maxsulotlari umumiy qiymati 3,5 mln. soʻm miqdorida moddiy yordam koʻrsatilgan.  




Muxtor Ashrafiy MFY binosining 28 m2-maydoni toʻliq taʼmirlab berilib, 1 ta chet tilini oʻrgatish toʻgaragi uchun xona mebellar bilan jihozlangan. 500 dona badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlangan. Shuningdek, 2 ta bolalar maydonchasi uchun universitet byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 2 juft 3 shakldagi sport turnik moslamalari, 2 juft sport turnik brus jihozlari oʻrnatib berilgan. 

Bugun esa Yashnobod tumanidagi “Muxtor Ashrafiy” mahallasida tashkil etilgan “OʻzMU yoshlar bogʻi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Dono xalqimizning “Yaxshidan yaxshi nom va bogʻ qoladi” degan purmaʼno xikmatini maxkam tutgan oliygoh mutasaddilari bogʻning ochilish marosimiga bagʻishlab katta doshqozonda osh damlab, shu hududda yashovchi kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga begʻaraz tarqatishganining guvohi boʻldik.



Ravshan OMONOV,

jurnalist

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaõassislik magistratura