O‘zMUda Turkiya oliy ta’lim muassasalari hamkorligida qo‘shma fakulütet tashkil etiladi

Avval xabar berilganidek, shu yil aprelü oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Rasul Rahmonov Turkiyaga tashrif buyurib, mazkur davlatning 4 ta oliy ta’lim muassasasi bilan ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan memorandum imzolab kelgan edi.

Shu munosabat bilan 5 iyunü kuni universitetimizga Turkiyaning Ibn Xoldun universiteti (bu oliy ta’lim muassasasi O‘zbekistonda ilk bor O‘zMU bilan hamkorlik o‘rnatdi) rektori Rejep Shenturk, Istambul Zaim universiteti rektori Mehmet Bulut va Istambul universiteti professori Murtazo Bedirlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov Turkiyalik mehmonlarni samimiy qutlar ekan, tarixiy ildizlari, milliy qadriyatlari, tili, dini bir bo‘lgan azaliy qardosh el bilan manfaatlarimiz tutashayotganidan, ilmiy-ma’rifiy aloqalarimiz yanada rivojlanayotganidan ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari g‘oyat mamnun ekanligini alohida ta’kidladi.
 


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashriflari fan, ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishimiz uchun keng istiqbolli yo‘llarni ochgani ikki mamlakat ziyolilari, ilm-fan fidoyilari uchun ham katta imkoniyatlarni yaratdi, deydi A.Marahimov.

Bu sizu bizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bugun biz hamkorlikda boshlayotgan ezgu ishlar to abad avlodlarimiz manfaatlariga ham xizmat qiladi.

O‘zMU rektori turkiyalik mehmonlarga O‘rta Osiyoning Movarounnahr mintaqasi, Shosh (hozirgi Toshkent shahri), Buxoro, Kesh kabi shaharlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish istiqbollari haqida so‘zlab berdi. Bu borada turk professorlari va talabalarini aynan o‘sha shu erning o‘zida tadqiqot olib borishlari, real voqelikni o‘rganishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini qayd etdi. Zero, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz va Qo‘qon kabi tarixda ilm-fan, madaniyat, savdo o‘choqlari sifatida dong taratgan ko‘hna shaharlarimiz qardoshlar nigohi ila tadqiq etilishi keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otadi, albatta.

O‘z navbatida, Turkiyalik mehmonlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, birinchi galda, mamlakatdagi etakchi universitet O‘zMU bilan ilmiy-ma’rifiy aloqalar mustahkamlanayotganidan mamnun ekanliklarini e’tirof etdilar.

Navbatdagi memorandumlar O‘zMU bilan Istambul Zaim universiteti hamda Istambul universiteti o‘rtasida imzolandi. Mazkur hujjatda iqtisodiyot, menejment, tarix, psixologiya va sotsiologiya, biznes kommunikatsiyasi va mediatexnologiyalari sohalari bo‘yicha ikki universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari almashinuvini izchil amalga oshirish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.

O‘zMUda mazkur sohalarga oid fanlarni o‘qitishga qaratilgan qo‘shma fakulütet tashkil etish borasida ham fikrlashib olindi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yangi tashkil etilajak fakulütetda O‘zMU va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Bu fakulütetni tamomlagan mutaxassislarga shu ikki mamlakat universitetlarining qo‘shma diplomi beriladi.

Suhbat davomida 20182019 o‘quv yilidan boshlab talaba, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchi almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda talabalar uchun o‘zbek madaniyati, adabiyoti va tarixini teran o‘rganishga qaratilgan yozgi maktablar tashkil etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferentsiyalar tashkil etish, ilmiy grant loyihalarini amalga oshirish kabi ishlar muhokama qilindi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zMU va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan istiqbolli loyihalar yuzasidan ham kelishib olindi.

Ulug‘bek Usmonov 

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
19011 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura