Xolon universiteti koordinatori? O‘zMUda dars beryapti

Shu yilning 13-20 fevralü kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Isroil davlatida bo‘lgan edi. Tashrif doirasida O‘zMU va Xolon texnologiya instituti o‘rtasida innovatsion o‘quv dasturlar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, izlanishlar sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, mulütidistsiplinar dasturlarni yo‘lga qo‘yish, O‘zMU negizida Xolon texnologiya universiteti fakulütetini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Isroilning Xolon texnologiyalari universiteti GIS loyihasi va ilm-fanni loyihalash fakulüteti koordinatori Mark Isroil kelishuvga muvofiq O‘zMUga tashrif buyurdi. 14 kunga mo‘ljallangan darslarda Mark Isroil o‘quv jarayonida AKT va Geologik tadqiqotlar uchun yangi tajriba mahoratini shakllantirishga oid tadqiqotlari bilan tanishtirmoqda. Isroillik mutaxassis bo‘lg‘usi matematik, geolog va geograflarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarmoqda.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
19011 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura