1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"
Oʼzbekiston Milliy universitetida Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda “Biz-sogʼlom turmush tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi
Bugun erta tongdan Poytaxtimizning so’lim oromgohlaridan biri bo’lmish “Botanika bog’i”da Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida doirasida Yoshlar festivali tashkil etildi
O‘zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent Davlat Texnika Universitetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari va talabalari ishtirokida Toshkent shahar IIBB
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasining "Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy-madaniy moslashuvi tizimini takomillashtirishning
15 oktyabr Xalqaro oq xassa kuni. U 1970 yil 15 oktyabrda Xalqaro Ko‘zi ojizlar federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Oq xassa - ko‘zi ojiz odamning timsoli - bu muammoning o‘ziga xos belgisi, bu yaqin atrofda nogiron odamlar borligini va ularga yordam kerakligini eslatadi.
O‘zMU raqabatbardosh, maqsadli kadrlar tayyorlash borasida yana bir muhim qadamni qo‘ydi.
Xabaringiz bor, Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan fan olimpiadasiga respublikamizdagi barcha ta‘lim muassasalaridan fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega o‘quvchilar saralab olinganMirzo Ulug‘bek nomkdagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi tomonidan talaba-yoshlarning iqtidorlarini namoyon qilish maqsadida "O‘zliging namoyon qil" shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilishda ayollarning o`rni” mavzuida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zMTDP vakillari, universitet rahbariyati, o`qituvchi va talabalari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Ijtimoiy fanlar fakultetida "Ijtimoiy ish" yo‘nalishi talabalari "O‘zbekistondagi ijtimoiy taraqqiyot: taraqqiyot va istiqbollar" nomli simulyatsion konferentsiya uyushtirdi.
Yoshlar o`rtasida ichki turizmni rivojlantirish, yurtimiz tarixini o`rganish hamda darsdan so`ng talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Matematika fakulteti Algoritm va dasturlash texnologiyalari kafedrasi o`qituvchilari, Informatika va axborot texnologiyalari yo`nalishi guruh murabbiylari boshchiligida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Zangiota ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi.
Yoshlar ma´naviyatini yuksaltirish hamda ular o´rtasida kitobxonlikni keng targ´ib qilish maqsadida tarjimon va ijodkor, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O´zbekiston Milliy Universitetining xorijiy filologiya fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi katta o´qituvchisi Hafiz Qo`chqorova va xorijiy filologiya fakulteti magistranti Furkat Soatov yoshlarda kitobga muhabbat uyg’otish va ularni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida nemis kafedrasi va xorijiy filologiya kutubxonasiga nemis va shveytsariya zamonaviy adabiyotidan o‘zlari tarjima qilgan yigirmaga yaqin badiiy kitob taqdim qildi.
Muzey – o`tmish bilan bugunni bog`lovchi ma`naviyat ko`prigi. Shu bois bu erda saqlanayotgan har bir tarixiy naqsh, surat, buyum, uy anjomi, ayollar bezagi kabi nodir namunalardan xalqimizning qadimiy an`ana va qadriyatlarini o`rganish mumkin.
“8 mart — xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Iqtisodiyot fakultetining faollar zalida “Biz sizni e`zozlaymiz va qadrlaymiz, aziz ayollar” mavzuida bayram tadbiri o`tkazildi. Unda fakultet dekani A.Umarov, kafedra mudirlari, fakultet dekan o`rinbosarlari, fakultet xotin-qizlar qo`mitasi raisi, professor-o`qituvchilar, xodimlar va talaba qizlar hamda fakultetda ko`p yil mehnat qilib, hozirda nafaqada bo`lgan ayol o`qituvchilar ishtirok etdi.
Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo`layotgan, ko`p oilalarning tinchligini buzayotgan, shu bilan birgalikda, dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar etkazayotgan OIV infektsiyasi o`zining oqibatlari bilan insoniyatning dolzarb muammolaridan bo`lib qolmoqda. Er yuzida ushbu dard bilan yashayotgan odamlar soni 34 millionni tashkil etadi. Bir kunda taxminan 7 ming 400 nafar odam bu infektsiyani yuqtirib olmoqda. Kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, 20-49 yoshlilar o`rtasida ko`plab qayd etilmoqda.
Bahorning ilk kuni 1-mart kuni o`zbek sheriyatining taniqli vakilasi Zulfiyaxonim Isroilova tavaludining 104 yilligi munosabati bilan O`zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetida “ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI” nomli tadbir o`tkazildi.
28 fevral kuni 14-Talabalar turar joyida Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti hamda Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti talabalari, shuningdek, universitet psixologlari ishtirokida "Talabalarning ijtimoiy faolligi va o`quv motivatsiyasi" mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
O`zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining azaldan shakllangan yaxshi an`analari bor. Fakultet professor – o`qituvchilari talabalarga saboq berish, ularga nazariy bilimlarni atroflicha singdirish barobarida, mahorat maktablari tashkil qilgan, taniqli adiblar, shoirlar, san`atkorlar, jurnalistlar, xalqimizga mehnati singgan taniqli insonlar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar, muloqotlar tashkil qilingan. Bu uchrashuv, dildan suhbat, muloqotlar talabalarimizga juda yaxshi mahorat maktabi bo`lib xizmat qiladi, desak xato bo`lmaydi.
2019 yil 18-23 fevral kunlari YuNISEF va O`zMU loyihasi doirasida "Xalqaro standartlarga asoslangan ijtimoiy ishda o‘qitishni takomillashtirish" loyihasi Kolumbiya Universitetining (AQSh) mutaxassislari TimotiÕàntvaLyudmila Êim"Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ishlash amaliyoti" va "Bolalarni himoya qilish"ning ikki qismdan iborat trening o‘tkazdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) O‘zbekistondagi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan yaqin hamkorlikda mamlakatda ijtimoiy ishchilarni tayyorlashni kengaytirish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi dasturni ishlab chiqdi.
12 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o’zbek mumtoz adabiyotining ikki zabardast vakili – g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dinu davlat homiysi, millat pushti panohi, turkiy adabiyotning po‘lat darg‘adasi bo‘lgan hazrat Alisher Navoiy tavalludining 578-yilligi universitet maydoni uzra erta tongdan munojot kuyi bilan boshlandi. Tashkiliy aksiya, "Navoiy day", "G‘azal challange", turli uchrashuvlar, mushoira kechallari shaklida davom etdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan sana – 30 yanvar kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Talabalarning ijtimoiy media va madaniyat markazi”da “Ozod va obod Vatan me`mori qalbimizda mangu yashaydi” mavzuida xotira kechasi o`tkazildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan sana – 30 yanvar kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Talabalarning ijtimoiy media va madaniyat markazi”da “Ozod va obod Vatan me`mori qalbimizda mangu yashaydi” mavzuida xotira kechasi o`tkazildi.
Bugun Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida xalqaro Xolokost qurbonlari xotirasi kuniga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi.
Bolalikda olingan bilim toshga o`yib yozilgan kabi mustahkam bo`ladi, deb bejiz aytishmagan. Bugungi o`smir-yoshlar ertaga universitet talabasi, turli soha sohiblari bo`lishini nazarda tutsak, demak, ularning ta`lim-tarbiyasi uchun har birimiz mas`ulmiz. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti “Yo`l xaritasi”da poytaxt shahrimiz maktablari bilan hamkorlik masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan o`tkazilgan “Murojaatnoma – mamlakatimiz taraqqiyotining dasturilamali” mavzuidagi davra suhbatida bu haqda atroflicha so`z yuritildi.
Buzg`unchilarga jazo berishdan ko`ra vaqtliroq uning oldini olish ming karra ma`qulroqdir. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida bo`lib o`tgan “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusidagi davra suhbatida shu haqda so`z bordi.
Yuzma-yuz muloqotlarda ko`p muammolar echimini topishga yo`l ochiladi, takliflar o`rtaga tashlanadi, hatto, yangi g`oyalar, tashabbuslar paydo bo`lishi mumkin.
Albatta hammaning ham samolarga parvoz qilish imkoni yo`q. Biroq, Er sharining aynan (kichraytirilgandek!) ko`rinishi ko`z oldingizda namoyon etilsa-chi? Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetiga tashrif buyurgan kishi o`zini xuddi koinotda turib sayyoramiz uzra parvoz qilayotgandek his etadi. Bu mo``jizani yaratgan fidoyi olim – geografiya fanlari doktori, professor Hamidulla Hasanov bo`ladi. Ustoz hayot bo`lganlarida ayni kunlarda 100 bilan yuzlashgan bo`lar edi. Bugun garchi ustozning o`zlari oramizda bo`lmasa-da «O`rta Osiyolik geograf va sayyohlar», «Sayyoh olimlar», «Bobur – sayyoh va tabiatshunos», «Mahmud Qoshg`ariy» kabi kitoblari hamon katta qiziqish va ishtiyoq bilan mutolaa qilinmoqda.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Rektori Avazjon Maraximov talabalar bilan ochiq muloqot o`tkazmoqda. Ushbu uchrashuvlar davomida talaba-yoshlar qiynab kelayotgan muammolar va takliflar bilan Rektorga murojaat qilmoqdalar. 2019 yil 17 yanvar kuni ham Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Rektori Avazjon Maraximov Geografiya va tabiiy resurslar, Geologiya va geoinformatsion tizimlar, biologiya va kimyo fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o`tkazdi.
O`zbekiston Milliy universiteti odob-axloq qoidalari, hamda Talabalar turar joyi nizomidan kelib chiqib, 18 yanvar kuni Tarix fakulteti 9-sonli TTJda “Eng yaxshi na`munali xona” nominatsiyasi bo`yicha tanlov o`tkazildi. Tanlovda 401-xona talabalari 1-o`rinni, 605-xona talabalari 2-o`rinni va 210-xona talabalari 3-o`rinni qo`lga kiritishdi.
Ochiq muloqotda rektor bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy, ta`lim sohalarda bo`layotgan tub o`zgarishlar haqida gapirarkan, bularning zamirida eng avvalo, xalqimiz hususan, Vatanimizning ertasi, kelajagi bo`lmish siz, aziz yoshlarning tinch va faravon hayot kechirishingiz uchundir. Bugun har birimiz bunday o`zgarishlarga tayyormizmi degan savolni birinchi navbatda o`zimizga berishimiz kerak. Agar barchamiz qilayotgan ishimizga, bajarayotgan vazifamizga tanqidiy-tahliliy va holis yondashsakgina mana shunday yuqori marralarga erishamiz. Bugun sizlar bilan uchrashishdan maqsad sizlarning fikr-mulohazalaringiz, savollaringiz orqali universitet faoliyatiga tanqidiy baho berish. Qanday muammolar va savollaringiz bo`lsa bemalol berishingiz mumkin deb o`z so`zini yakunladi.
2019 yil 9 yanvar kuni Ijtimoiy ish kafedrasida "O‘zbekistonda bolalar bilan ijtimoiy ish yo‘nalishi" mavzusida metodik seminar o‘tkazildi. Seminar YuNISEFning YuNISEF bolalar jamg‘armasi milliy maslahatchisi Isaeva Diana tomonidan o‘tkazildi. Seminar davomida zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan bolalar uchun bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, zo‘ravonlikning oldini olish va ijtimoiy ish texnologiyalari kabi masalalar muhokama qilindi. YuNISEF.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida 2018 yil 18 dekabrda “Talaba-yoshlar ma`naviy-axloqiy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konfrentsiyasi bo`lib o`tdi.
2018-2019 o`quv yilida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 5-sonli umumiy o`rta maktabidaijtimoiy-ma`naviy muhitni yanada sog`lomlashtirish bo`yicha “YO`L XARITASI” ga asosan2018 yil 19 dekabr kuni Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti ma`naviy va ma`rifiy ishlari bo`yicha dekan muovini hamda Tabiiy geografiya kafedrasi professor-o`qituvchilari bilan uchrashuv bo`lib o`td
Bugungi kunda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim qadam bo`ldi, desak, ayni haqiqat bo`ladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda