O’zMU tashabbuslar – tashabbuskori…!


Bugun erta tongdan Poytaxtimizning so’lim oromgohlaridan biri bo’lmish “Botanika bog’i”da Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida doirasida Yoshlar festivali tashkil etildi. Ikki mingdan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etgan mazkur tashabbusga O’zMU jamoasi ham o’zining 500 nafardan ziyod talaba-yoshlari va maxsus ko’rgazmalari bilan o’z hissasini qo’shdi.

         Yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga hurmat, mustaqillikka shukronalik, jamitaydagi jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Yosh kimyogarlar, Yosh ekologlar,Yosh  biologlar,Yosh tabiatshunoslar,Yosh tuproqshunoslar,Yosh agronomlar nomli ko’rgazmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, yoshlar uchun mo’ljallangan turli aksiya, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari ham o’tkazildi.

         Festival tadbirlari O’zMU rektori Avazjon Marahimovich yosh o’quvchilar , iqtidorli yoshlar hamda yoshlar hamda yoshlar yetakchilari ishtirokidagi muloqoti bilan boshlandi. Muloqotda mamlakatimizda yoshlarning faolligini oshirish,ularga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik, puxta bilim olish, kasb-hunar egallash, o’z iqtidor va salohiyatlarini to’laqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, festival doirasida iqtidorli yoshlarning robototexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa texnik yo’nalishlar bo’yicha ham ixtiro, innovatsion g’oya va ishlanmalari ko’rgarmasi  tashkil etildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus targ’iboti doirasida yoshlar o’rtasida sportning suzish, stol tennisi, karate turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

         Katta yutuqlarga erishgan taniqli sportchilar, mamlakat chempionlarining yoshlar bilan uchrashuvlari, yosh sportchilarning ko’rgazmali chiqishlari ham o’zgacha kayfiyat ulashdi.

         Kimyo fakulteti dekan o’rinbosari G’ulom Abdurahmonov:  “Bugungi festivalga bizning fakultetimiz talaba-yoshlari o’zlari tomonidan ilmiy-tadqiq qilinayotgan mavzularini amaliy natijasini namoyish etish uchun kelishdi. Uylaymanki, yoshlarimiz o’zlari rejalashtirilgan natijaga erishishdi deb o’ylayman. Chunki biror bir erishgan natijangni ommaga namoyish etish bu ilmdagi eng yuqori nuqta sanaladi. Shu ma’noda bizning jamoa o’zi ko’zlagan marrani zabt etdi deb bemalol ayta olaman ”.

         Biologiya fakulteti dekan o’rinbosari Orzubek Fayzullaev: “Festivalga bizning fakultetimiz jamoasi qariyb 3 oy mobaynida tayyorgarlik ko’rdik. Mana ko’rib turganingizdek, bugub Biologiya yo’nalishida tahsil olayotgan sirtqi ta’lim talabalari uchun ochiq maydon ostidagi tabiiy landshaft sharoitida ochiq ma’ruza tashkil etildi. Ayniqsa, dotsent Sayfulla Boboevning ma’ruzasini TMI, TTA, O’zJOKU, TDTU, MRDI, TTESI oliygohlarining talabalari ham katta qiziqish bilan tinglashdi. Shuningdek, tuproqning yangicha diagnostik tahlili va yangi o’simlik navlari yaratish bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi videorolik ko’pchilikka manzur bo’ldi degan fikrdaman”.

         Jurnalistika fakulteti dekani o’rinbosari Ravshanjon Omonov: “Bugubgi kun mamlakatimiz yoshlari hayotida unitilmas kunlardan biri bo’ldi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Sababi, mana shunday so’lim “Botanika bog’i” qo’ynidagi sport musobaqalari, yangi yaratilgan ixtirolar ko’rgazmasi, ochiq darslar muhokamasi hammasu bir bo’lib yagona bir maqsadga ya’ni “Milliy tiklanish – millliy yuksalish sari” – degan bosh g’oyamizning amaliy ifodasini o’zida namoyon etdi”

          O’tkazilgan turli tanlov, sport musobaqalari g’oliblari, tadbir va aksiyalarning faol ishtirokchilari munosib rag’batlantirildi.

Festival “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo’laylik!” shiori ostidagi gala-konsert bilan yakunlandi.

         JAVOHIR ISMOILOB

Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va marifat bo’limi uslubchisi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaőassislik magistratura