Biz-sogʼlom turmush tarafdorimiz


Oʼzbekiston Milliy universitetida Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda Biz-sogʼlom turmush tarafdorimiz mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Tadbirda Oʼzbekiston Milliy universiteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov, Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi epidimolog shifokori Nilufar Qodirova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Botir Mallabaev va talabayoshlar  ishtirok etdi. Tadbirni yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Botir Mallabaev kirish soʼzi bilan ochdi. Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi epidimolog shifokori Nilufar Qodirova soʼzga chiqib bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan OIV va OITS umr zavoli ekanligini yoshlar tushuntirib,  ushbu viruslarga chalinishning oldini olish boʼyicha maslahatlarini berdi. Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin boʼlayotgan, koʼplab oilalarning tinchligini buzayotgan va shu bilan birgalikda dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar yetkazayotgan OIV infektsiyasi oʼzining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi boʼlib qolmoqda. Bu virus yangi boʼlib evolyutsion yoʼl bilan simian-maymunlar Tlimfotsitida yashovchi viruslardan kelib chiqqan.Bu virus inson organizmida avvaldan mavjud boʼlib, kasallik yengil shaklda oʼtgan, oxirgi vaqtlarda virus mutatsiyaga uchragan. Bu fikr 1968 yilda vafot etgan Sent-Luis shahridagi bir bemorning muzlatib koʼyilgan toʼqimalari namunalarida ushbu virusning bir turi aniqlanganligiga asoslanadi. Virus tahlilxonalarda, geninjeneriya usulida, olimlar tomonidan bakteriologik qurol sifatida sunʼiy yaratilgan degan fikr tarafdorlari ham bor. Parijlik Lyuk Montane OITS kasalligiga uchragan bemorning limfatik bezidan va QShlik olim Robert Gallo bemor qonining limfotsit xujayralaridan 1983 yilda oldinma-ketin bir hil virus ajratishgan.Bu virus 1985 yil BJSST tomonidan odamning immunitet tanqisligi virusi deb nomlangan.Virusni oʼta kuchli elektron mikroskoplarda koʼrish mumkin xolos. JSST va UNAIDS tashkilotining (BMT OITSga qarshi kurash dasturi) bergan maʼlumotlariga koʼra bir kunda dunyo boʼyicha 7000 ta, bir soatda 300 ta shaxs OIV infektsiyasini yuqtirishi bayon etilgan.

   Oʼzbekiston Respublikasida bir kunda 10 ta shaxsga OIV infektsiyasi yuqmoqda. OIV infektsiyasi - odamning immunitet tanqisligi virusi yuqishi oqibatida kelib chiqadigan yuqumli kasallik; OIV odamning immunitet tanqisligi virusi. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalliknining oʼziga xos belgilari shakllangan davri, OIV infektsiyasining terminal (soʼngi) bosqichi. OIVni yuqtirganlar odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan (yashab yurgan) shaxslar. Yer yuzida ushbu kasallik bilan yashayotgan odamlar soni 34 millionni tashkil etadi. Bir kunda taxminan 7 ming odam bu kasallikni yuqtirib olmoqda. Kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, navqiron 20-49 yoshlilar oʼrtasida koʼplab qayd etilishi xatarlidir.

    OIV infektsiyasi odamning immunitet tansiqligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik hisoblanib, virus bemor odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Infektsiya dastlab yashirin tarzda kechishi, bu davr bir necha oydan 5-10 yilgacha va undan ham ortiqroq davom etishi mumkin. Kasallikning yashirin davrida virusni yuqtirib olgan shaxslar koʼrinishidan sogʼlom boʼlib, ularda kasallikning hech qanday belgilari kuzatilmaydi. Kasallikning shu davri ancha xavfli hisoblanib, infektsiyani yuqtirib olgan shaxslar oʼzlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirib yurishlari mumkin. OIV infektsiyasida meʼyorda ishlab turgan immun tizimi yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. mmo, virus organizmda koʼpayib asta-sekin immun tizimini mutlaqo izdan chiqaradi va natijada OITS rivojlanadi. Orttirilgan immunitet tansiqligi sindromi (OITS) odamning immun tizimini immunitet tansiqligi virusi shikastlashi natijasida kasallik belgilari kelib chiqadigan xastalikning soʼnggi bosqichidir. Bugungi kunga kelib xalqaro hamjamiyatda OIV kasalligi tarqalishiga qarshi kurash masalasida yondashuvlar ham keskin oʼzgarmoqda. Bu jarayonda nafaqat davlat va uning tegishli organlari ishtirok etishi, balki keng jamoatchilikni jalb qilgan holda hamkorlikda harakat qilish samarali hisoblanadi. Respublikamizda OIV infektsiyasining tarqalib ketishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish davlat miqyosida amalga oshirilmoqda va bunga barcha mutasaddi tashkilotlar jalb qilingan.

Davra suhbatida mutaxassislar yoshlarga sogʼlom turmush tarziga rioya etib, doimo sergak boʼlishimiz lozimligini alohida taʼkidlashdi. Tadbir soʼngida talaba-yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

 Javohir ISMOILOV

 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat  va maʼrifat boʼlimi

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura