Universitetimizda nafosat bayrami nishonlanmoqda




Bahor - yosharish, yangilanish fasli. Uning go`zalligi, nafisligi qalblarimizga o`zgacha shukuh, ruh bag`ishlaydi. 
Bahorning tarovati, ko`rki bayramlari bilan yanada oshadi.
Universitetimizning Xorijiy filologiya fakultetida bahor bayramlarining ramziy debochasi - xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab katta bayram tadbiri tashkil etildi. Uni fakultet dekani I.Jo`raeva hamda professor A.E.Mamatov tabrik so`zi bilan ochib berdi.



Shundan so`ng tadbirning badiiy qismi boshlandi. Fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qo`shiq, qiziqarli sahna chiqishlari yig`ilganlarga birdek manzur bo`ldi.
Bayram tantanalari universitet bo`ylab davom etmoqda.
Asosiy korsatkichlar
1250 Professor-oqituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura