BIZ SIZNI E`ZOZLAYMIZ VA QADRLAYMIZ, AZIZ AYOLLAR




8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Iqtisodiyot fakultetining faollar zalida Biz sizni e`zozlaymiz va qadrlaymiz, aziz ayollar mavzuida bayram tadbiri o`tkazildi. Unda fakultet dekani A.Umarov, kafedra mudirlari, fakultet dekan o`rinbosarlari, fakultet xotin-qizlar qo`mitasi raisi, professor-o`qituvchilar, xodimlar va talaba qizlar hamda fakultetda ko`p yil mehnat qilib, hozirda nafaqada bo`lgan ayol o`qituvchilar ishtirok etdi. 


Tadbirni fakultet dekani fakultetda faoliyat olib borgan, olib borayotgan ayol o`qituvchilar va xodimlar hamda talaba qizlarni bayram bilan qutlash bilan ochib berdi.

Shundang so`ng, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturiga navbat berildi. Dastur fakultet iqtidorli talabalari tomonidan tabrik she`rlari bilan boshlanib, Tadbirkor jamoasining sahna ko`rinishlari, shuningdek, fakultetda tashkil etilgan raqs to`garagining ANONIMUS guruhining  raqslari bilan davom ettirildi. 



O`tkazilgan tadbir yig`ilgan barcha ayol va qizlarga birdek manzur bo`ldi. 
 
Iqtisodiyot fakulteti manaviy-marifiy 
ishlar bo`yicha dekan muovini Rejapov X.

 

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura