DINIY BAG`RIKENGLIK TINCHLIK KAFOLATI


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti kichik majlislar zalida O`zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda Ma`rifat va diniy bag`rikenglik rezolyutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ma`rifiy sohadagi ishlar samaradorligini oshirish borasidagi qaror va farmonlari ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston islom tsivilizatsiyasi markazi mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi.
Milliy universitet professor-o`qituvchilari va talabalari, Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o`tgan ushbu tadbir anchayin qizg`in ruhda o`tdi. 
Anjumanni O`zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Marahimov O`zbekistonning dunyo tamaddunida tutgan o`rni, Vatanimizdan etishib chiqqan allomalarning boy ilmiy merosi hamda uni o`rganish, jahonga tadbiq etish borasida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta`kidlab, ushbu vazifalarni amalga oshirishda O`zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi asosiy o`rin egallashi haqidagi fikrlari bilan ochib berdi.
Diniy bag`rikenglik mamlakatimizning uzoq yillik tarixida davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo`lishini ko`rsatib bergan, dedi rektor. Ko`p millatli xalqimizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti yo`lidagi umumiy sa`y-harakatlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng quloch yoyishini ta`minlamoqda.
Anjuman davomida O`zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov so`zga chiqib, mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, islom dinining xalqimiz madaniyatida tutgan o`rni, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma`naviy boyliklarni asrab-avaylab, keyingi avlodga etkazish masalalari, shuningdek, O`zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining asosiy maqsad va vazifalariga to`xtalib o`tdi.
Shundan so`ng Milliy universitet Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Abror Xidirov so`zga chiqib, O`rta Osiyo, xususan, Vatanimiz hududidan etishib chiqqan allomalar ilmiy merosining insoniyat ilm-fani, taraqqiyotidagi o`rniga alohida to`xtaldi. 
Tadbir so`nggida O`zbekistondagi islom tsivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalari hamda istiqboldagi rejalari to`g`risida videorolik namoyish etildi. Yakunda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Erkin ABDUSATTOROV,
O`zMU Matbuot kotibi

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura