BIZ SOG`LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ!

Butun jahonda millionlab insonlarning umriga zomin bo`layotgan, ko`p oilalarning tinchligini buzayotgan, shu bilan birgalikda, dunyodagi davlatlar iqtisodiga katta zarar etkazayotgan OIV infektsiyasi o`zining oqibatlari bilan insoniyatning dolzarb muammolaridan bo`lib qolmoqda. Er yuzida ushbu dard bilan yashayotgan odamlar soni 34 millionni tashkil etadi. Bir kunda taxminan 7 ming 400 nafar odam bu infektsiyani yuqtirib olmoqda. Kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, 20-49 yoshlilar o`rtasida ko`plab qayd etilmoqda.

2019 yil 5 mart kuni Harakatlar strategiyasi targ`ibot zalida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorligida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan Biz sog`lom turmush tarafdorimiz mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirni O`zMU Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i Abror Xidirov olib bordi. 
OIV va OITS umr zavoli ekanligini yoshlar ongiga singdirish, viruslarga chalinishning oldini olish bo`yicha kerakli maslahatlar berish asosiy maqsadimizdir, dedi Abror Xidirov.



Respublika OITSga qarshi kurashish markazi mas`ul xodimi Mohira Nurullaeva Biz sog`lom turmush tarafdorimiz, yoshlar OITSga qarshi mavzusidagi ma`ruzasi bilan tadbirni davom ettirdi.



Universitet tibbiy bo`limi boshlig`i Ra`no Rustamova Giyohvandlik asr vabosi mavzuidagi ma`ruzasida OIV infektsiyasi bilan kasallanish aholining tibbiy madaniyati va savodxonligiga bog`liqligi, shu jihatdan aholi orasida huquqiy va tibbiy madaniyatni oshirib borish dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta`kidlab o`tdi.
Davra suhbatida mutaxassislar yoshlarga doimo sog`lom turmush tarziga rioya etish lozimligini alohida ta`kidladi.
Tadbir so`ngida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Sayfulla AShIROV,
O`zMU Matbuot kotibi

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura