O`ZMU TALABALARINING MUZEYLARGA TAShRIFI

Muzey o`tmish bilan bugunni bog`lovchi ma`naviyat ko`prigi. Shu bois bu erda saqlanayotgan har bir tarixiy naqsh, surat, buyum, uy anjomi, ayollar bezagi kabi nodir namunalardan xalqimizning qadimiy an`ana va qadriyatlarini o`rganish mumkin.
Hozirgi kunda jamiyat hayotida, xalqni o`tmish, fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida muzeylarning o`rni tobora o`sib bormoqda.
Mustaqillik tufayli respublikamizda muzeylarga bo`lgan e`tibor yanada oshdi. Xususan, keyingi 10 yil ichida davlat qaramog`idagi muzeylar soni 140 taga etdi. Shulardan 75 tasi tarix muzeyi, 23 tasi o`lkashunoslik muzeyi, 10 ta badiiy san`at uyi, 20 ta memorial muassasa, 8 tasi adabiyot muzeyi, 4 tasi tabiat muzeyi. Ayni paytda bu muzeylarda 1 million 600 mingdan ortiq eksponat mavjud.
Muzeylar ijtimoiy hayotda o`ziga xos o`ringa ega. Kishilar uchun eng avvalo, ma`rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo`lgan muzeylarni o`tmish va hozirgi hayotimizning oynasi deyish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risidagi PQ-3217sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash hamda yoshlarning ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni yurtimizning shonli tarixiga va Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shish, mamlakat kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda buyuk ajdodlarimizga munosib avlodlar bo`lib etishishga bo`lgan intilishlarini yanada kuchaytirishga erishishdan iboratdir.
2019 yil 11 mart kuni Tarix fakulteti talabalari Arxeologiya va etnologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Shuhrat Shonazarov rahbarligida poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi hamda O`zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Hozirgi kunda O`zbekiston tarixi Davlat muzeyi eng yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan hisoblanib, uning jamg`armasida 250 minga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida numizmatika, arxeologiya, tangashunoslik va etnografiyaga oid ko`plab qimmatli jamlamalar bor.
Bu kabi tashriflar Toshkent shahridagi boshqa muzeylarda ham davom etmoqda. Xususan, 12 mart kuni Milliy universitetning Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti talabalari O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasiga, Olimpiya shon shuhrat muzeyi hamda Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Kimyo fakulteti talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi, O`zbekiston Davlat qo`g`irchoq teatri hamda Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirdi.
 
Biologiya fakulteti talabalari ham shu kuni O`zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Vatanimizning ming yillik tarixidan so`zlovchi noyob eksponatlar yosh biologlarda ulkan taassurot qoldirdi.

13 mart kuni O`zMU Matematika fakulteti talabalari guruh murabbiylari rahbarligida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, shuningdek, O`zbekiston tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
 
Fizika fakulteti talabalari o`z mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda, Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurib, nazariy bilimlarini amaliy ko`nikmalar bilan mustahkamladi.

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan O`zbekiston Davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurgan universitetning Geokimyo yo`nalishi 1 bosqich talabalarida muzey eksponatlari katta qiziqish uyg`otdi. 

Mazkur muzeyga guruh murabbiysi Jaloliddin Annaev rahbarligida tashrif buyurgan Tarix fakulteti 2 bosqich talabalari ham O`zbekistonning boy hayvonot va o`simlik dunyosi namunalari bilan tanishib, ulkan taassurotlar bilan qaytdi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, talabalarning muzeylarga, madaniy maskanlarga tashriflarini amalga oshirishda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovinlari, guruh murabbiylari faol tashabbus ko`rsatmoqda.
Talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida, muzeylarga tashrif dars mashg`ulotlaridan tashqari vaqtda amalga oshirilmoqda. Eng quvonarlisi, talabalarda katta qiziqish uyg`otgan bu kabi tadbirlar an`anaga aylanmoqda. 

Sayfulla AShIROV,
O`zMU Matbuot kotibi

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura