Kitob ulash aksiyasi

Yoshlar ma´naviyatini yuksaltirish hamda ular o´rtasida kitobxonlikni keng targ´ib qilish maqsadida tarjimon va ijodkor, Mirzo Ulugbek nomidagi O´zbekiston Milliy Universitetining xorijiy filologiya fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi katta o´qituvchisi  Hafiza Qo´chqorova va xorijiy filologiya fakulteti magistranti Furkat Soatov yoshlarda kitobga muhabbat uygotish va ularni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida nemis kafedrasi va xorijiy filologiya kutubxonasiga nemis va shveytsariya zamonaviy adabiyotidan ozlari tarjima qilgan yigirmaga yaqin badiiy kitob taqdim qildi.



Kitob aksiyasi kunining ikkinchi yarmida Jahon tillari universitetida bolib otdi. Hafiza Qochqorova va Furkat Soatov tarjimashunoslik nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Saida Sultonova  va  fakultet dekani Sevara Ziyayeva l bilan uchrashib, kafedra faoliyati va yutuqlari bilan tanishishdi va universitet kutubxonasi, axborot resurslar markazi va kafedraga 20 yaqin tarjima kitoblaridan ulashdi.



Kun songida Milliy universitetning Chingiz Aytmatov xonasida Ziyoratgoh turizmi, Buyuk va shavkatli Amir Temur tavalludi hamda Kitob ulash aksiyasi shiori ostida  universitet prorektori Davlatyor Jumaboyev, ziyorat va arxeologik turizmni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Said Komil Xolxojaev, xorijiy filologiya kafedrasi mudiri Rahima Shirinova, katta oqituvchi Hafiza Qochqorova va talabalar ishtirokida kecha otkazildi. Kecha qiziqarli savol-javob tarzida, qizgin suhbatlar ostida otdi. Qobiliyatli va faol talabalar Hafiza Qochqorovaning tarjima kitoblari bilan taqdirlandi.



Ma´lumot o´rnida, Hafiza Qo´chqorova uzoq yillardan buyon O´zbekiston Milliy Universitetining xorijiy filologiya fakultetida  faoliyat yuritib kelmoqda. Ijodkorning shu kunga qadar ko´plab ilmiy va badiiy maqola hamda tezislari nafaqat mahalliy ro´znomalarda, balki MDH davlatlari nashrlarida ham nashr etilgan. Ijodkor zamonaviy nemis va nemis zabon adiblar asarlarini o´zbek tiliga o´girib kelmoqda. Shu kunga qadar yurtimizning turli nashriyotlaridan o´zbek kitobxonlariga taqdim etilgan ``Makon istab`` (roman, Germaniya), ``Azaliy ishq`` (roman, F. Soatov bilan hamjihatlikda, Germaniya), ``Shimol shamoli shashti`` (roman, Avstriya), ``Jasorat tafti`` (roman, Shveytsariya), hamda ``Sayr sayqali`` (hikoyalar, F.Soatov bilan birgalikda) kabi kitoblar shular jumlasidandir.

OzMU Matbuot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura