Ayolga e`tibor — millatga e`tibor


Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida  O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilishda ayollarning o`rni” mavzuida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zMTDP vakillari, universitet rahbariyati, o`qituvchi va talabalari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirni universitetning yoshlar masalalari bo`yicha prorektori Najmiddin Qodirov kirish so`zi bilan ochib berdi va so`z navbatini O`zMU xotin-qizlar qo`mitasi raisi Lalixon Muxammadjonovaga berdi. O`zMU dotsenti dastavval, yig`ilganlarga anjuman ishtirokchilarini tanishtirdi. 

Davra suhbatida ma`ruza qilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, O`zMTDP MK raisi o`rinbosari Firuza Muxamedjanova hamda shoir Rustam Mirvohid o`z nutqida mamlakatimizda ayollar faolligini oshirish uchun qilinayotgan ishlar, harakatlar haqida gapirdi. 

—Qaratilayotgan e`tibor natijasida ayollarimizning jamiyat hayotidagi o`rni, faolligi oshib bormoqda, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova. — Xususan, ta`lim-tarbiya, madaniyat va ilm-fan sohalarida mehnat qilayotgan xodimlarning 73 foizini, sog`liqni saqlash tizimida 75 foizini tashkil etayotgani buning yorqin misoli.

Tadbir yakunida O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga yangi a`zo bo`lganlarga a`zolik guvoxnomasi hamda esdalik sovg`alari topshirildi.


O`zMU Matbuot xizmati

Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Professor-o‘qituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura