Yoshlar Festivali


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi tomonidan talaba-yoshlarning iqtidorlarini namoyon qilish maqsadida "O‘zliging namoyon qil" shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi. Ushbu tadbir Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 tashabbusning birinchisi ya‘ni yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste‘dodini chiqarish maqsadida tashkil etildi. Universitetning turli fakultetlarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalar ishtirokidagi 30 ga yaqin chiqishlar barchaga manzur keldi va gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
Asosiy korsatkichlar
1250 Professor-oqituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura