Bosh mezon-maqsadli kadr tayyorlash


O‘zMU raqabatbardosh, maqsadli kadrlar tayyorlash borasida yana bir muhim qadamni qo‘ydi.

Xabaringiz bor,  Respublika miqiyosida o‘tkazilayotgan  fan olimpiadasiga respublikamizdagi barcha ta‘lim muassasalaridan  fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega o‘quvchilar saralab olingan. Ular yakuniy bosqichda ishtirok etishmoqda. O‘zMU rahbariyati tashabbusiga ko‘ra olimpiada ishtirokchilari bilan O‘zMU rahbariyati, yetuk olimlari, faol talabalari o‘rtasida muloqotlar tashkil etildi. Maqsadyosh, iqtidorli talabalarni O‘zMUga jalb etish, ularni o‘z sohalarida chuqur bilim olishlari va kelajakda yetuk, raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishlari uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat. O‘zMU ilmiy va mahorat maktablari, talabalar hayoti, imkoniyatlar va rejalar, hamkorlik xususida axborot almashinildi. Olimpiada qatnashchilari  O‘zMUda o‘qishga hujjat topshirish va o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha bu dargohda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishlari haqida ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar. Olimpiada ishtirokchilari va ota-onalar O‘ZMU fakultetlariga taklif etildi. Universitet hayoti, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.  Tajribali olimlar bilan qizg‘in suhbatlar tashkil etildi. Yoshlarga bugun ilmdagi innovasiyalar, istiqboldagi rejalar buyicha ma‘lumotlar berildi.

 Iqtidorli va qiziquvchan yoshlarni saralab olish, ularni raqobatbardosh, vatanparvar, yetuk kadr qilib tarbiyalash bu dargohning bosh mezonidir. 

                                                    
O‘zMU matbuot xizmati
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Professor-o‘qituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaőassislik magistratura