MEHRIBON USTOZLARDAN AJOYIB XAYRIYA TADBIRI


Bugun Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri Jamila Jumabayeva boshchiligida kafedraning professor-oqituvchilari,  bakalavriat va magistratura talabalari Olmazor tumani Chimboy kochasida joylashgan ixtisoslashtirilgan 100-sonli maktab-internatida xayriya-tadbiri uyushtirdi. Saxovatpesha insonlarning bugungi xayriya tadbiri maktab-internatning barcha oquvchilarini qamrab olib, ularning har biriga alohida mehr-muruvvat korsatildi. Xususan, ushbu xayriya tadbiri davomida bolalarning konglini olish, ularga mehr-muruvvat va saxovat korsatish maqsadida maktab-internatga Samsung televizori, LG DVD pleyeri hamda bolajonlarning har biriga turli xil sovga va oyinchoqlar sovga tariqasida taqdim etildi. Bu kabi sovgalar maktab-internat oquvchilariga yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami uchun munosib sovga boldi. Xayriya tadbiridan keyin barcha bolalar yuzlaridagi tabassum bu xayriya ishining naqdar kotarinki ruhda otganligidan dalolat beradi.

Ushbu xayriya fondini tashkil etishda tashabbus korsatgan 105-guruh murabbiysi Sadullayeva Shohruza va shu guruh talabalariga alohida minnatdorchilik bildiramiz!

OzMU Axborot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura