O`zMUda Latviya Ta`lim va fan vazirligi vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi

Ilmiy hamkorliklar imkoniyatlar eshigini ochaveradi. 
Bugun Latviya Respublikasi ham rivojlangan mamlakatlar qatorida turadi. Bu davlatda fan va texnologiyalar, ta`lim tizimi tobora takomillashib bormoqda. Ancha yillardan buyon O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan Latviya Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi o`rtasida ta`lim sohasida hamkorlik izchil rivojlanib kelayotir. 



Shu munosabat bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan janob Andis Geyjans boshchiligidagi Latviya Respublikasi Ta`lim va fan vazirligi hamda qator ilmiy muassasalarning mutasaddilari bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida ham uchrashuv bo`lib o`tdi. 



O`zMU rektori Avazjon Marahimov latviyalik mehmonlarga asr tengdoshi bo`lgan Milliy universitetimiz tarixi, ilmiy maktablari, zamonaviy laboratoriyalari, so`nggi yillarda ta`lim va o`qitish tizimida erishilayotgan yutuqlar, qator xorijiy davlatlarning oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorliklar samaralari haqida ma`lumot berdi. 
Suhbat davomida ana shunday ilmiy-ma`rifiy hamkorliklar Latviya universitetlari bilan ham yo`lga qo`yilishi borasida fikrlashib olindi. 

O`zMU Axborot xizmati

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari