Rossiyalik talabalar O’zbekiston tabiatini tadqiq etishmoqda


“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilining dastlabki kunlaridanoq Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti rahbariyati va xodimlari ilm-fan taraqqiyoti yo’lidagi ishlarni yanada jadal rivojlantirishga kirishib ketdilar.     

     Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti (ĚîńęîâńęčéĂîńóäŕđńňâĺííűéÓíčâĺđńčňĺň) “Geografiya” fakultetining 2 nafar professor-o’qituvchilari va 20 nafar talabalaridan iborat delegatsiya 25-yanvardan 6-fevralga qadar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMUning “Geografiya va tabiiy resurslar” fakultetining  professor-o’qituvchilari, doktarantlari va magistrantlari bilan hamkorlikda fakultetlararo va kafedralararo shartnoma asosida ma’ruza, seminar-treninglar hamda, Bo’stonliq tumanidagi “Chorvoq” o’quv-amaliyot bazasida  o’quv dala amaliyoti va ilmiy ekspeditsiyalar o’tkazishni maqsad qilganlar. Tadqiqot doirasida tabiiy va antropogen    omillar ta’sirida landshaftlar dinamikasining va yer-resurslardan foydalanishdagi o’zgarishlarning xususiyatlarini o’rganish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanishdagi mavjud va kutiladigan xatarlarni tadqiq etish rejalashtirilgan.

      Mehmonlar tashrifining ilk kunlari Universitet rahbariyati va talabalari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va seminar-treninglar o’tkazildi.  Moskva Davlat Universitetining geografiya fakulteti o’qituvchisi, biogeograf Maksim Bocharnikov  hamda, Sergey Shadchinov boshchiligida ikkita talabalar brigadasi tog’-dala amaliyotini o’rganish maqsadida 28-yanvar kuni ko’zlangan manzillari Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani sari yo’l oldilar.

    Tadqiqotning ilk kunlari davomida tanlangan hududning o’simlik dunyosi, sel va surilma jarayonlari o’rganildi va qanday meliorativ ishlar olib borilganligi bilan tanishildi. Shuningdek, ular Glavasoyda atrofida biogeografik tadqiqotlar o’tkazib, asosan yer va yer resurslaridan foydalanish davomida yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlarni tadqiq etdilar.  Keyingi kunlarda esa, G’azalkent suv omboriga tashrif buyurib, uning tashqi muhitga ta’sirini o’rganish va atrofida qanday o’zgarishlar bo’layotganini aniqlash bilan shug’ullandilar.

     Bundan tashqari  mehmonlar Bo’stonliq tumani aholisi bilan suhbatlashib, ular bilan ijtimoiy so’rovnomalar olib bordilar. Tashrif buyurganlar ushbu hudud  tabiatining go’zalligidan bahra olganliklarini va bo’stonliqliklarning  mehmondo’stligidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. 

     Tadqiqot ishlari hali davom etmoqda. Ushbu tadiqot natijalari har ikki tomon uchun ham manfaatli bo’ladi va ilm-fan rivoji, atrof-muhit himoyasi uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.   

Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaőassislik magistratura