O‘zMU va MDU: talabalarning tashabbuslari amalga oshirildi.


O‘zMU va MDU: talabalarning tashabbuslari amalga oshirildi.

27-yanvar kuni  Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining (MDU) geografiya fakulteti xodimlari, magistrantlari va talabalari delegatsiyasi O’zMUga tashrif buyurishdi. Moskva davlat universitetining bir guruh yosh tadqiqotchilari ikki haftalik dala amaliyoti doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida landshaft dinamikasi va yerdan foydalanish xususiyatlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. O‘zMU rektori Avazjon Maraximov MDU talaba va tadqiqotchilari delegatsiyasini shaxsan o’zi kutib oldi.

Uchrashuv davomida O‘zMU rektori Avazjon Maraximov Rossiya olimlarining XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda birinchi klassik universitet – O’zMUning tashkil etilishidagi ulkan yordami, Lomonosov-Mirzo Ulug‘bek nomidagi qo’shma markazining faoliyati, shuningdek, Moskva davlat universiteti olimlari bilan olib borilayotgan  ilmiy va o‘quv loyihalarini batafsil so‘zlab berdi. O‘zMU rektori Avazjon Maraximov o‘z nutqida O‘zMU va Moskva davlat universiteti olimlari bilan olib borilayotgan ilmiy-ma‘rifiy hamkorlikning yuqori darajada ekanligini ta‘kidladi.

Moskva davlat universitetining delegatsiyasi rahbari A.Merekalova yig‘ilish ishtirokchilariga ushbu ekspeditsiyaning maqsad va vazifalari, hamda uning tarkibiga kiruvchi 20ta yosh talaba tadqiqotchilarning tashabbuskorligi haqida ma’lumot berib o’tdi. Ko‘p sonli talabalar ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi va ilmiy ishlar bilan bir qatorda, landshaft tadqiqotlarining eng yangi usullarini o‘zlashtirishdan  manfaatdor bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti hamkasblari bilan hamkorlik va tajriba almashishni maqsad qilgan. Moskva davlat universiteti dotsenti, geografiya fanlari nomzodi M.N. Petrushina Moskva davlat universiteti va O‘zMU olimlarining ko‘p yillik yaqin aloqalari, rus geograflarining O‘zbekistonning boy tabiiy xilma-xilligiga qiziqishlarini alohida ta‘kidladi. Rossiyalik yosh geograflar uchun Bo‘stonliq mintaqasi ham juda qiziq, chunki unda madaniyat va urf-odatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va o‘ziga xos etnologik palitrani aks ettiruvchi ko‘plab etnik guruhlarning vakillari istiqomat qiladi.

MDUning 2-bosqich talabasi A.Moiseev o‘z taqdimotida ekspeditsiyaning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. 

U MDU talabalari va magistrantlari bir necha oy davomida ushbu sayohatga tayyorgarlik ko‘rishganini ta‘kidladi. Ekspeditsiya ishtirokchilari sun‘iy yo‘ldosh rasmlarini shifrlash uchun  tabiiy va tabiiy-antropogen komplekslarning dala tavsiflari, yerdan foydalanish dinamikasining harakatlantiruvchi omillarini  va halokatli jarayonlarga ko‘proq moyil bo‘lgan joylarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, Moskva davlat universitetining yosh tadqiqotchilari tabiiy va tabiiy-antropogen komplekslarning bio-mahsuldorligi, shuningdek, mahalliy aholining so‘rov, hamda anketalar asosida yerdan foydalanish ehtiyojlari va ustuvorliklarini o‘rganishni rejalashtirishgan.

O‘zMU rektori Avazjon Maraximov deyarli barcha fan sohalarida Moskva davlat universiteti olimlari va tadqiqotchilari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Keyin Moskva davlat universiteti delegatsiyasi ishtirokchilari davra suhbati doirasida Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdilar. Davra suhbatida fakultet dekani Sh.M.Sharipov olimlar va yosh tadqiqotchilarning faoliyati va ilmiy loyihalari haqida batafsil so‘zlab berdi. Ekspeditsiya ishi 6-fevralgacha davom etadi.

 

O‘zMU xalqaro bo‘limi

Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaőassislik magistratura