Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O'zMU va Tomsk davlat universitetining «Universitetlararo yirik hajmli ma'lumotlar tadqiqotchilari» konsorsiumi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, 2-iyun kuni O'zMU rektori I.Madjidov boshchiligidagi delegatsiya TDUning "Universitetlararo yirik hajmli ma’lumotlar tadqiqotchilari " (Университетский консорциум исследователей больших данных) konsorsiumiga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad konsorsium faoliyati, konsorsium a’zolari tomonidan yaratilgan ishlanmalar va istiqboldagi loyihalar bilan tanishishdan iborat edi. Mazkur konsorsiumga 51 ta oliy ta’lim muassasalari a’zo bo’lib, ular tomonidan hamkorlikda yirik hajmli ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish hamda ular asosida ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar uchun ilmiy-innovatsion g‘oyalar yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, konsorsiumga a’zo universitetlarning talabalari uchun sun’iy intellekt va mashinali o‘rgatish texnologiyalari asosida yirik hajmli axborotlarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan o quv kurslari tashkil etilgan. Tadbir davomida universitet va konsorsium o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va dasturiy mahsulotlar yaratish, professor o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini amalga oshirish va hamkorlikda IT sohasida kadrlar tayyorlash kabilar nazarda tutilgan.

Xalqaro aloqalar bo'limi