Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Vatan himoyasi – muqaddas burch

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda “Vatan himoyasi muqaddas burch” nomli yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakillari, O‘zMU soha prorektorlari, universitetning harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida faoliyat olib borayotgan ofiser-o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar, harbiy talaba-yoshlar, harbiy orkestr, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirdan asosiy maqsad – yoshlarimizning qalbiga Ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini, vatanparvarlik, yigitlik burchi va uning yigit kamolotidagi o‘rni kabi tushunchalarni singdirish, soha mutaxassislari va harbiy sohaga tayyorlanayotgan talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Tadbir boshida bayroqdor chiqish paytida barcha ishtirokchilarning qalbida Qurolli Kuchlarimizdan, Armiyamizdan faxr tuyg‘usi jo‘sh urdi. Davlat madhiyasi kuylangandan so‘ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli, Maxsus avariya tiklash boshqarmasi “Impuls” jamoasining maxsus musiqiy chiqishlari, shuningdek, Ijtioiy fanlar fakulteti iqtidorli talabalarining badiiy ijod namunalari tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.

O‘zMU Axborot xizmati