Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

E'lon: WSSW2022 olima ayollar xalqaro konferensiyasida ishtirok etish

O'zbekiston Milliy universiteti grant loyihasi doirasida 2022 yil 23-25 noyabr kunlari “Olima” xotin -qizlar uyushmasi, OWSD Markaziy Osiyo milliy bo‘limi va YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etiladigan WSSW2022 olima ayollar xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Konferensiya “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning roli” mavzusiga bag‘ishlangan. Mavzu doirasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi xotin -qizlarning roliga urg‘u beriladi.

Konferensiya talabalar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar,ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlar va siyosatchilar uchun sohalararo platformani taqdim etadi. Bu platformada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va olima ayollarning roli muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularga amaliy yechimlar taklif etiladi.

Konferensiya STEM sohasida salohiyatni oshirish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, fan va texnologiya bo‘yicha yangi axloqiy standartlarni shakllantirishda gender tengligini ta’minlashga urg‘u beradi.