Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xalqaro akademik faollik

Ma’lumki universitetlar reytingi natijalarining oshib borishida xorijiy professor-o’qituvchilarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi asosiy talablardan biridir. Xalqaro reytinglarga qo’yilgan ushbu talablarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston univeristeti bilan hamkorlikda o’quv jarayonlariga ishtirok etib kelishmoqda.

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston univeristeti QS va THE xalqaro reytinglarda kuchli Top-500 universitetlar ro’yaxatida bo’lib, o’zaro tajriba almashuvda muhim hamkorlardan hisoblanadi. Shuningdek, mazkur universitet huzurida O’zMu tarix fakulteti filialining rasmiy tasdiqdan o’tganligi alohida ahamiyatga egadir.

Shu munosabat bilan tashrif buyurgan M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston univeristeti dotsenti G.K.Otarbayeva O’zMu jamoasi bilan kelgusidagi talabalar almashinuvi rejasini kelishib oldi.

Shuningdek, tarix fakultetining navbatdagi hamkori Turkiyaning Kutahya Dumlupinar universiteti dotsenti Vesihi Sefa Fuat Hekim o’g’lu ham tashrif buyurib, professor-o’qituvchilarning akademik almashinuvini yo’lga qo’yish yuzasidan muzokaralar o’tkazildi.

Uchrashuv so’ngida hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish, akademik mobillikni faollashtirish va xalqaro reytinglarda ishtirok etishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi