Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

xalqaro aloqalar bo‘limida O‘zMU talabalari uchun navbatdagi fransuz tili suhbat klubi bo‘lib o‘tdi.

Atelyening bugungi mavzusi: “Yangi texnologiyalar va ularning kundalik hayotimizga ta’siri”.

Mashinalar va avtomatlashtirish, ijtimoiy tarmoqlar va o'zgaruvchan dunyo kontekstida shaxsiy hayot huquqiga oid dastlabki munozaralardan so'ng talabalar kichik pedagogik o'yinlar texnologiyaga oid inglizcha so'zlarning fransuz ekvivalentini topish, ularning turmush tarzdagi o'rnini solishtirishda qatnashdilar.

Atelye so‘ngida og‘zaki mashg‘ulot bo'lib o'tdi va unda jurnalistning soxta xabarlar haqidagi fikrini tinglashga muvaffaq bo‘lishdi hamda xakerlik xavfini qanday oldini olish mumkinligi haqida fikr yuritildi.

Ushbu suhbat klubi Fransiyaning yoshlar uchun davlat xizmati dasturi bo‘yicha Toshkentda bo‘lgan fransuz ko‘ngillisi Clotilde Brogniartning faoliyati doirasida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro aloqalar bo'limi