Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xalqaro Atom Energetikasi Agentligida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy seminar

Joriy yining 12-15- iyul kunlari Xalqaro Atom Energetikasi Agentligida bo‘lib o‘tgan “Yadro fizikasi sohasida kadrlar tayyorlash ehtiyojlari bo‘yicha kamchiliklarni tahlil qilish natijalari” mavzusidagi mintaqaviy seminarda Fizika fakulteti Yadro fizikasi kafedrasi mudiri prof. Polvonov Satimboy Rajapovich, kafedra o’qituvchilari To‘ymuradov Abror Alisher o‘g‘li va To’ymurodov Dilmurod Isroil o‘g‘li O‘zbekiston vakillari sifatida ishtirok etishdi. Ishchi seminar ko’rinishda bo’lib o’tgan uchrashuvda loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlardagi yadro fizikasiga oid o’qitish infrastrukturasi tahliliy ko’rib chiqilib, umumiy kamchiliklar o’rganildi va ularni qanday bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda qatnashgan soha olimlari bilan yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tadbir so’ngida Xalqaro Atom Energetikasi Agentligi xodimi, loyiha menejeri Emina ALIC xonim loyiha doirasidagi kelgusi yilda bo’ib o’tadigan uchrashuvni O‘zbekistonda o’tkazish taklifini bildirdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi