Xalqaro hamkorlik asosidagi anʼanaviy konferentsiya: “Markaziy Osiyoda GIS” – GISCA 2021

2021 yil 18 fevralda O‘zbekiston Milliy universiteti va Avstriya davlati Zalsburg universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda GAT GISCA-2021 xalqaro konferensiyasini o‘zaro hamkorlikda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi. Videokonferensiya davomida O‘rta Osiyo geografiyasini ilmiy tadqiq etish axborot markazi mutaxassisi Jozef Strobl geoinformatikani samarali rivojlantirishga qaratilgan masalalar haqida gapirib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti va Avstriyaning Zalsburg universiteti xalqaro konferensiyasi 2021 yil 30 may - 3 iyun kunlari Yerasmus+DSinGIS loyihasi doirasida bo‘lib o‘tishiga kelishib oldilar. Shuningdek, tomonlar nashrlarni ilmiy maqolalar to‘plami shaklida nashr etish va ularni Scopus bazasida indeksatsiyalash masalalarini ham muhokama qildilar.