Xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi sa'iy-harakatlar

Maʼlumki, joriy yilning aprel oyida Oʼzbekiston Milliy universiteti matematika yoʼnalishi boʼyicha QS reytingida dunyoning kuchli top 500 talik universitetlari qatoridan joy oldi. Bu natija matematik olimlarimizni yanada ragʼbatlantirdi va ularni yangi yoʼnalishlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga undadi.
Xuddi shu sohadagi olib borilayotgan ishlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti dekani Zafar Raxmonov Tomsk davlat universitetining Аmaliy matematika va kompyuter ilmlari instituti va Innovatsion texnologiyalar fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Robototexnika va suniy intellekt bo'yicha laboratoriyalari, "FabLab-talabalar Innovatsion ishlanmalari" markazi faoliyati va yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi. Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlikda magistratura bo'yicha qoʼshma ta'lim dasturini ochish va ilmiy-tadqiqot loyihalari ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.


Xalqaro aloqalar bo'limi