Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Xalqaro konferensiya

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tashabbusi va Germaniya, AQSH, Turkiya, Qozog‘iston, O’zbekiston davlatlari ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda "Nizomiy Ganjaviy suhbatlari: multikulturalizm" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zMU professori Nigina Shermuxamedova “Nizomiy Ganjaviy asarlarining hozirig zamon yoshlar tarbiyasidagi roli” mavzusida ma’ruza qildi. O’zMU professori o’z ma’ruzasida Nizomiy asarlaridagi gender tengligi, millatlararo totuvlik, boshqaruv mahorati va muhabbat haqidagi g‘oyalar zamondoshlarimiz uchun yo‘l tanlash imkoniyati sifatida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o'tdi.

O‘zMU Axborot xizmati