Xalqaro yozgi maktab qatnashchilari ko‘hna Buxoroda

O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston - bag‘ri keng davlat” shiori ostida tashkil etilgan Xalqaro yozgi maktab qatnashchilari 24-25-iyul kunlari Buxoro shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Buxoro shahridagi qadimiy obidalar bilan tanishishdi. Havo haroratining biroz issiq bo‘lishiga qaramasdan xorijlik talabalar qalbida Buxoro o‘zgacha va esda qolarli ta’surot uyg‘otdi. Tashrif davomida qatnashchilar Labihovuz, Minorai Kalon, Ark me'moriy yodgorligi va Somoniylar maqbarasida bo‘lishdi. Yakunda Buxorodan esdalik sifatida o‘zlari va yaqinlari uchun har xil sovg‘alar olishdi.



Xalqaro aloqalar bo'limi